Navoiydagi omborxonada yuzaga kelgan yongʻin 8,5 soatdan soʻng bartaraf etildi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Navoiy viloyatida joylashgan omborxonalardan birida yuzaga kelgan yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, 31-yanvar kuni soat 22:07 da Navoiy viloyati FVB - favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga Navoiy shahrida joylashgan “Baxt tekstil” MCHJ korxonasi omborxonasida yongʻin sodir boʻlgani toʻgʻrisida xabar kelib tushgan. Holat yuzasidan zudlik bilan Navoiy shahar FVB yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 22:10 da voqea joyiga yetib borgan.
Olib borilgan saʼy-harakatlar natijasida yongʻin soat 22:30 da qurshab olinib, 1-fevral kuni soat 07:05 da toʻliq bartaraf etilgan.
Hodisa joyiga 13 maxsus texnika hamda yongʻin-qutqaruv ekipajlari, “Tinchlik” yongʻin oʻchirish poyezdi jalb etilgan.
“Ushbu holatda vafot etgan va jarohat olganlar yoʻq. Yongʻinning kelib chiqish sababi va moddiy zarar aniqlanmoqda. Ayni vaqtda vaziyat yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Kadr: Telegram
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
YANGI YILNI XAVFSIZ KUTIB OLAYLIK!
Jizzaxda qurilayotgan koʻp qavatli uy qulab tushdi
TUNDAGI O‘G‘RILIK
QARZDOR KARANTIN EʼLON QILINGANLIGINI RO‘KACH QILIB, SUD QARORINI BAJARISHDAN BOSH TORTIB KELGAN
Buxoroda homilador ayol hali tug‘ilmagan bolasini 50 million so‘mga sotishga urindi
Buxoroda yuk mashina yukxonasidagi issiq asfalt bilan fuqaroning ustiga ag‘darildi
Izohlar (0)