Soxta MIB xodimlari aniqlandi
Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, ayni umrining tog‘ni ursa talqon qiladigan yoshida bo‘lgan aka-ukalar go‘yoki o‘zini huquqni muhofaza qilish organi xodimi deb ko‘rsatib, birovning mulkini o‘zlashtirdi.
Yangiqo‘rg‘onlik 31 yoshli fuqaroning tuman IIBga yozgan arizasida bildirishicha, shu yilning 28 iyun kuni 1974 va 1998 yilda tug‘ilgan aka-ukalar 2002 yilda tavallud topgan yana bir shaxs bilan oldindan jinoiy til biriktirib, uning ishonchiga kiradi. O‘zlarini Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimi sifatida tanishtirib, undan aliment qarzdorligi deb, narxi 10 000 000 so‘mlik bir bosh molini firibgarlik yo‘li bilan olib ketadi.
Mazkur qing‘ir ish holati yuzasidan Yangiqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan 2021 yil 23 iyul kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)