Barmoq izlari kimniki?
Noma’lum shaxs xonadon egasining uyida yo‘qligidan foydalanib, hovlining darvozasini buzib kiradi. Uydan 2.500.000 so‘mlik “Samsung” rusumli televizorini o‘g‘irlab ketadi. Xonadon egasi ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar Davlatobod tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, chora ko‘rishni so‘raydi.
Viloyat hududida Bosh prokuratura va IIVning 2021-yil 20-fevraldagi qo‘shma farmoyishiga asosan o‘tkazilayotgan “Zarbdor oyligi” va “Antiterror-Tozalash” tadbirlari davomida, Namangan shahar Davlatobod tumani IIB EKB eksperti tomonidan voqea joyidan 6 dona qo‘l barmoq izlari olinib, viloyat IIB EKBdagi shaxsni avtomatlashtirilgan identifikatsiya tizimi orqali tekshiriladi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, 2 dona qo‘l barmoq izlari Namangan shahrida yashovchi 1969-yilda tug‘ilgan ayolning o‘ng qo‘l ko‘rsatkich va o‘ng qo‘l o‘rta barmog‘i izlariga mos kelganligi aniqlanadi va tegishli ko‘rgazmalar olinadi.
Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deb xabar beradi Namangan viloyati IIB Axborot xizmati.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)