Ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun 500 mlrd soʻm ajratiladi
Oʻzbekistonda fizikaga doir innovatsion loyihalar uchun 500 mlrd soʻm ajratiladi. Bu haqda AOKAdagi brifingda Bosh vazir maslahatchisi Olimjon Umarov maʼlum qildi.
“Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini keng koʻlamda amalga oshirish, iqtisodiy tarmoqlarda raqamli texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish — barqaror iqtisodiy oʻsishning ustuvor yoʻnalishi etib belgilandi. Xususan, “Elektron sud”, “Ijtimoiy nafaqalarning elektron reyestri”, “Elektron poliklinika”, “Elektron taʼlim” kabi yirik loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, yana 1500 ta maktabni “Elektron kundalik” tizimiga ulash koʻzda tutilgan”, — deydi Olimjon Umarov.
Bundan tashqari, fermerlar, klasterlar, qishloq xoʻjaligi majmualari xodimlari uchun 28 ta dasturiy taʼminot ishlab chiqishni oʻz ichiga olgan “Raqamli qishloq xoʻjaligi” hamda 50 000 kv. km. dan ziyod qishloq xoʻjaligi maydonlarini sputnik tahlili oʻtkaziladi. Shuningdek, mahalla fuqarolar yigʻini faoliyatini rivojlantirishga ham alohida eʼtibor qaratiladi. Xususan, 9000 ta mahallani internet tarmogʻiga ulash va “Mahalla yagona axborot sohasi”ni yaratish koʻzda tutilgan.
“Toshkent shahrida Talabalar shaharchasida talabalar va yosh olimlar uchun “Oliy oʻquv yurtlariaro va innovatsion ilmiy markazi” ochiladi. Joriy yilda birinchi marta mutaxassislar va ularning startap loyihalari uchun davlat byudjetidan 50 mlrd soʻm miqdorida mablagʻ ajratildi. Ilm-fanni, jumladan fizikani rivojlantirish maqsadida ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun 500 mlrd soʻm ajratilishi rejalashtirilmoqda”, — deydi Bosh vazir maslahatchisi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
NAVOIY VILOYATIDAGI MAHALLIY HOKIMLIKLAR AYRIM QARORLARI BEKOR QILINAYOTGANLIGINING ASOSIY SABABI OCHIQLANDI
OʻZBEKISTON VAKSINA SOTIB OLISH UCHUN QANCHA SARFLASHI MAʼLUM BOʻLDI
Balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib bo‘lmaydi - Shavkat Mirziyoyev
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida mehnat bozori
«OSHKORALIK VA SO‘Z ERKINLIGI — BU DAVR TALABI, BU O‘ZBEKISTONDAGI ISLOHOTLARNING TALABI»
KORONAVIRUS UCHUN 3 TA VAKTSINANI SOLISHTIRAMIZ: QAYSI SAMARALIROQ?
Izohlar (0)