Qoraqalpog’istonda poyez vagoni yonib ketdi
4-avgust kuni soat 13:04da Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi Qoraoʻzek stansiyasida vagonlaridan birida yongʻin sodir boʻldi.
Mazkur vagon (plaskart) oʻz muddatini oʻtab boʻlgan va hisobdan chiqarilgan uchta shu kabi vagonlardan biri boʻlib, yuqorida koʻrsatilgan stansiyada omborxona vazifasini oʻtagan, jumladan, poʻlat izlaridagi reabilitatsiya ishlarini olib boruvchi temir yoʻl xodimlari tomonidan ishlatilgan.
Yongʻin qolgan ikkita vagonga oʻtib kelmasligi uchun ular zudlik bilan yonib turgan vagondan uzilgan. Yongʻin Karaoʻzek stansiyadagi “Neft mahsulotlari zaxira” korxonasi oʻt oʻchirish komandasi bilan birga Amudaryo tumani oʻt oʻchirish komandasi yordamida oʻchirilgan. Jabrlanganlar yoʻq. Sodir boʻlgan mazkur holat sabablari oʻrganilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)