Kelgusi yil 1-yanvardan boshlab ilmiy darajasi bor texnikum oʻqituvchilarining ish haqi oliygoh oʻqituvchilarinikiga tenglashtiriladi.
Oliygohlarda oʻqitilayotgan kamida 60 ta yoʻnalish texnikumlarga oʻtkaziladiLotin - Кирил, [15/06 2022 15:48]
Prezident raisligida yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Oliy taʼlim vazirligiga ayrim taʼlim yoʻnalishlarini oliygohdan texnikumga berish lozimligi koʻrsatib oʻtildi.
Misol uchun, Iqtisodiyot universitetida turizm menejmenti, reklama ishi, mehnat muhofazasi, Transport universiteti va Andijon mashinasozlik institutidagi avtomobil servisi yoʻnalishlarini texnikumlarga oʻtkazish boʻyicha yetarli baza mavjud. Bunday kasblar oʻnlab topiladi.
Shu bois, texnikumlari mavjud 62 ta oliygoh rektorlariga:
— oliygohlarda oʻqitilayotgan kamida 60 ta yoʻnalishni texnikumlarga oʻtkazish;
— texnikumlarni oʻtkaziladigan taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv dasturlari va darsliklar bilan taʼminlash;
— texnikumlarda oʻzining kafedralari filiallari va oʻquv laboratoriyalarini tashkil etish topshirildi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Oʻzbekistonda abituriyentlar cheklanmagan miqdorda taʼlim yoʻnalishlarini tanlashi mumkin boʻladi
Yangi OTM tashkil etildi
Xotin-qizlar uchun 500 ta davlat granti beriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi to‘liq emlangan
O’zbekistonda yana bir akademiya tashkil qilindi
Rossiya tibbiyot universitetining Toshkent filiali ochilmoqda
Izohlar (0)