Oʻzbekistonda abituriyentlar cheklanmagan miqdorda taʼlim yoʻnalishlarini tanlashi mumkin boʻladi
Oʻzbekistonda 2021/2022-oʻquv yili qabulida abituriyent avvalgidek 5 tagacha emas, cheklanmagan miqdorda taʼlim yoʻnalishlarini tanlashi mumkin boʻladi. Bu haqda Davlat test markazi direktori Majid Karimovga tayanib OʻzA xabar berdi.
Majid Karimovning soʻzlariga koʻra, hozirda 2021/2022-oʻquv yili qabulidagi test sinovlariga taklif tayyorlash bosqichi boʻlsa ham, oʻzgarishlar boʻladi. Xususan, abituriyentlar uchun cheklanmagan miqdorda taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tanlovda ishtirok etish huquqi yaratiladi.
Bunda toʻplagan ballari bilan tanlov bosqichida abituriyent avvalgidek 5 tagacha emas, balki test sinovi topshirgan fanlar majmui mos keladigan cheklanmagan miqdorda taʼlim yoʻnalishlarini tanlashi mumkin boʻladi.
«Bunda, avvalo, “cheksiz tanlov” iborasi xohlagan taʼlim yoʻnalishini tanlashni anglatmaydi va bunday oʻzgarishni joriy etish uchun test sinovi topshiriladigan fanlarga, ularning ketma-ketligidan qatʼi y nazar, bir xil ball berilishi talab etiladi. Kengroq tushuntirilganda, “cheksiz tanlov” faqat test sinovi topshiriladigan fanlari bir xil boʻlgan taʼlim yoʻnalishlari doirasida amal qiladi. Bu oʻzgarish ham abituriyentlarning oʻqishga kirish imkoniyatini keskin oshiradi, — deydi Majid Karimov.
Shuningdek, Davlat test markazi direktori test sinovi jarayonlarining shaffofligi, adolatliligini taʼminlashda inson omilini kamaytirish yoʻlida qator ishlar olib borilayotganini maʼlum qilgan. Qayd etilishicha, Davlat test markazi axborot xavfsizligi borasida tegishli idoralar bilan birgalikda ish olib boradi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Oʻzbekistonda mahkumlarga ham OTMga kirish va onlayn taʼlim olish imkoni beriladi
JORIY YILNING 25-DEKABRDAN O‘ZBEKISTONGA KIRIB KELISH PULLI BO‘LADI. SABABI …
Ilon Mask tanlov eʼlon qildi: gʻolibga 100 million dollar beriladi
Oʻzbekistonda 2020-yilda bitiruvchilari OTMga kirmagan maktablar soni maʼlum boʻldi
Ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun 500 mlrd soʻm ajratiladi
Yangi yildan “bir sud – bir instansiya” tamoyiliga amal qilinadi
Izohlar (0)