Sarmishsoyda yoshlar forumi – 2 kun
Sarmishsoy darasida davom etayotgan Xalqaro forumda 300 ga yaqin yoshlarni birlashtirdi. Forumga Qozogʻiston, Yaponiya, Xitoydan yoshlar tashrif buyurgan.
Bugun Forum ishtirokchilari Nurota shahriga ziyoratda boʻlishdi.
Festival ishtirokchilarini “Sarmishsoy” darasi va qoyatoshlardagi qadimiy petrogriflar tarixi bilan tanishtirish maqsadida ekskursiya tashkil etildi.
____________________________________________________________
Olimlar “Sarmishsoy” darasi hududidagi 20 km maydonda 10 000 ga yaqin petrogliflarni topishgan. Ushbu petrogliflardan iborat qoyatoshlar paydo boʻlishi davri nomaʼlum. Ammo olimlarning taʼkidlashicha, aynan “Sarmishsoy” darasida paydo boʻlgan qadimgi odamlarning ilk manzilgohlari paleolit davriga (taxminan miloddan avvalgi 300-250 ming yillik). Kaltaminor madaniyati izlari ushbu darada neolit davrida qoldirilgan. Maʼlumki, oʻsha davrda darada qabilalar yashab, baliq ovlashgan, ovchilik bilan shugʻullangan. Daraning tabiatan qulay joylashganligi, oʻsimlik va hayvonot dunyosining boyligi, ichimlik suvining mavjudligi qadimgi odamlarning yashashi va turli xil marosimlarni oʻtkazishi uchun juda qulay boʻlgan. Buni biz qoyatoshlardagi oʻyilgan rasmlardan ham bilib olishimiz mumkin. Barcha rasmlar qoyatoshlarda qadimgi odamlar tomonidan yaratilgan.

Shu yerda, festival ishtirokchilari va mehmonlar tomonidan “Green challenge” eko aksiyasi oʻtkazildi. Ushbu loyihadan koʻzlangan maqsad tarixiy-madaniy boyliklarimizni asrab avaylash, hudud ekologiyasi musaffoligiga erishish, yoshlarimizni tabiat va madaniy merosimizga hurmat va gʻurur ruhida tarbiyalashdan iborat.
Kun davomida guruhlarga boʻlingan yoshlar yetakchilik koʻnikmalarini rivojlantirish, jamoada qay tartibda ishlash va ish yuritish boʻyicha bilimlarni oshirish boʻyicha seminar treninglarda, shashka, shaxmat, stol tennisi, futbol, voleybol va basketbol boʻyicha sport musobaqalarida, “Zakovat” intelektal oʻyinida va boshqa turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ishtirok etishdi.
Kechki vaqtda “Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik-tanlovi tashkil etildi.

Gulnoz Arziqulova ham festival ishtirokchisi. U Navoiy issiqlik elektr stansiyasida elektr chilangari boʻlib ishlaydi:
- Yoshlar forumi juda qiziqarli, ajoyib oʻtyapti.Ochilish marosimini juda katta koʻtarinki ruhda kutib oldik. Hamma yoshlar xursand. Tadbir tashkilotchilaridan minnatdormiz. Bugun forumni ikkinchi kunida Nurota shahriga ziyoratda boʻldik. Respublikamiz va xorijdan tashrif buyurgan yoshlar Nurota tarixidan xabardor boʻlishdi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Sarmishsoyda Yoshlar forumi
Yoshlar festivali – yoshlar bilan hamohang!
Navoiyda Yoshlar festivali
Prezidentimiz tomonidan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga boshqarma boshlig‘I tayinlandi
“University Cyber Cup”da Inha universiteti jamoasi sovrindor boʻldi
Nurota tumanida dafn etilgan - Qozoq xalqi qahramoni Ayteke biy
Izohlar (0)