Navoiyda Yoshlar festivali
2017-yil 25-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Senatining oʻn birinchi yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Qonuni maʼqullangani yoshlar siyosatining oqilona olib borilayotganining huquqiy ifodasidir.
Mamlakatimizda 30-iyun yoshlar kuni munosabati bilan iyun oyi anʼanaviy tarzda “Yoshlar oyligi” sifatida keng nishonlanayotgani, Prezidentning besh muhim tashabbusi doirasida yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar yoshlar hayotida muhim oʻzgarishlar yasadi.
“Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik” shiori ostida Yoshlar oyligi Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududlarida keng nishonlanmoqda.
16-17-18-iyun kunlari viloyatimizda “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik” festivali oʻtkazilishi rejlashtirigan.
- Festval dasturiga asosan, 50 ga yaqin loyiha, tadbir va tanlovlar tashkil etilib, 300 000 nafarga yaqin yoshlarni qamrab olish rejalashtirilgan, - deydi matbuot anjumanida viloyat hokimining matbuot xizmati kotibi I. Axmedov
Bugun ertalabdan Navoiy shahridagi Maʼrifat bogʻi yoshlar bilan gavjum. Bu yerda mehnat yarmarkasi, hunarmandlar koʻrgazmasi, ekologlarning viloyatimiz fauna va florasi haqida soʻzlovchi koʻrgazmalari bayram mazmuniga mazmun qoʻshdi.
Tadbirlar Navoiy shahrining Islom karimov koʻchasi boʻylab, Farhod madaniyat saroyidan viloyat hokimligigacha boʻlgan yoʻl boʻylab tashkil etilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Taʼsirli savollarga natijali javoblar kutiladi
Hashar – elga yarashar
Prezidentga sheʼr oʻqigan talaba Yozuvchilar uyushmasiga qabul qilindi
“University Cyber Cup”da Inha universiteti jamoasi sovrindor boʻldi
Ishsiz yoshlarga imtiyozli kredit
Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda boʻlgan shaxslar 6 oygacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin
Izohlar (0)