Nurota tumanida dafn etilgan - Qozoq xalqi qahramoni Ayteke biy
Navoiy viloyati Nurota tumani oʻzining qadim tarixi, oʻtmishi, boy madaniy merosi, hunarmandchilik mahsulotlari bilan bugungi kunda mahalliy va xorijiy sayyohlarni oʻziga jlb qilib kelmoqda. Nurota tumaniga soʻnggi ikki yil ichida qoʻshni respublikalardan yaʼni Qozoqiston, Qirgʻiziston Respublikalaridan ham sayyohlar ko‘plab tashrif buyurmoqda. 1644 yil Navoiy viloyati Nurota tumanida tugʻilgan Ayteke biy madaniy meros obʼyekti sayyohlik yoʻnalishlaridan biriga aylandi.
Oʻz bagʻrida 130 dan oshiq millat va elatlarni birlashtirgan Oʻzbekiston deb atalmish ushbu tarixiy makonda shu qutlugʻ zamin farzandlarining biri sifatida azaldan qozoq millatining vakillari ham boshqa xalqlar qatori, qardosh oʻzbek xalqi bilan bir jon-u bir tan boʻlib, doʻstlik va ishonch rishtalarini buzmay yashab kelmoqda. Ular koʻp millatli respublikamizning siyosiy barqarorligi, iqtisodiy rivojlanishi va ijtimoiy taraqqiyot iyoʻlida faol ishtirok etib, jonajonVatanimizning har tomonlama yuksalishiga oʻz hissalarini qoʻshib kelmoqda.
Aslida oʻzbek va qozoq xalqlarining doʻstligi koʻp asrlik tarixga ega. Azal-azaldan bu ikki xalqning yaqin qoʻshni boʻlib tinch va totuv yashab kelayotgani hammamizga maʼlum. Ularning yeri ham, suvi ham tutash, ular doimo bir-birlariga hamkor, hatto urf-odatlari ham juda yaqin.
Aytekebiy – qozoq xalqining birligini mustahkamlashga katta hissa qoʻshgan davlat arbobi boʻlgan. U nafaqat dono hakam, balki taniqli maʼruzachi, nozik psixolog va faylasuf sifatida ham tarixda qoldi.
Aytekebiyi nomi mashhur Segiz Seri «Тобықты Әнет бидей баталы бол, Кіші жүз Әйтекедей аталы бол» ning bayonotida bayon etilishicha, oliyjanob oilaga tegishli boʻlib, unda u Alim qabilasining to‘rtkara qabilasidan kelib chiqqanligini bildiradi. Aytekebe shinchi tizzasida Oraz Kazhaa vlodi boʻlgan, uchinchi avlodda fors, oʻzbek, qirgʻiz, qozoq xalqlari “Sinesof bua” (kristalli sof ruhga ega boʻlgan shaxs) deb atalgan Seytkulning avlodi. Bu-kichik juzni Abilxayirxonga, Esimxon davrida Samarqandni boshqargan Botir Jalantosning yaqin qarindoshi vakili boʻlgan qozoq biyisi.
Gulshoda NORTOJIYEVA
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
NAVOIY: SENTOB QISHLOG‘IGA FOTOSAYOHAT
“QILICH OTA” HAQIDA RIVOYAT
NAVOIY – FAXRIMSAN MENING!
PREZIDENTIMIZ SHAVKAT MIRZIYOYEV QISHGA TAYYORGARLIKDA YO‘L QO‘YILGAN KAMCHILIKLARNI TANQID QILDI
Balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib bo‘lmaydi - Shavkat Mirziyoyev
ISSIQXONALARIMIZDAGI FITOSANITAR HOLAT QANDAY?
Izohlar (0)