Eng goʻzal migrant qiz
Rossiya poytaxti Moskva shahrida “Muhojir qizlar oʻrtasida goʻzallik tanlovi” boʻlib oʻtdi. Gʻalabani Oʻzbekistonlik Rushana Karimova qoʻlga kiritdi. Bu haqida “Sputnik” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, gʻolib finalda lazgi raqsini ijro etib, hakamlar hayʻatini lol qoldirgan. Sovrin sifatida u Moskva moliya va huquq universitetida oʻqish uchun sertifikat olgan.
Maʻlum qilinishicha, Rushana Karimova biznes bilan shugʻullanadi, boʻsh vaqtini vizajistikaga sarflaydi. Bundan tashqari, u ingliz tilini oʻrganmoqda, shuning uchun u tadbir soʻnggida nutqining bir qismini chet tilida talaffuz qila olgan.
Tadbir Rossiyadagi Muhojirlar federasiyasi tomonidan tashkil etilgan. Unda 13 davlatdan kelgan 50 nafar qiz qatnashgan. Biroq finalgacha Tojikiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Oʻzbekiston va Rossiyadan kelgan 10 nafar qiz etib borgan.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Harbiylar keltirgan medallar
Afsonaviy Oksana Chusovitina Jahon kubogida yana bir bor yorqin g’alabaga erishdi
“University Cyber Cup”da Inha universiteti jamoasi sovrindor boʻldi
Turkmaniston prezidenti oʻgʻlini Bosh vazir oʻrinbosari etib tayinladi
Navoiylik 5-sinf oʻquvchisi IELTSʻdan 6,0 ballni qoʻlga kiritdi
Rossiyadagi 6 nafar O’zbekistonlik majburiy mehnatdan ozod qilinishni so’radi
Izohlar (0)