Terrorchi soxta passport orqali Germaniyaga uchmoqchi bo‘lgan
Istanbul aeroportida ISHID terrorchi tashkiloti a’zosi — O‘zbekiston fuqarosi Bunyod Muxiddinov soxta pasport orqali qo‘lga olindi. “Sabah”ning axborotiga ko‘ra, terrorchi soxta passport orqali Germaniyaga uchmoqchi bo‘lgan.
Xabarga ko‘ra, u 6-yanvar kuni Tojimuhammad Karimov ismli shaxs nomiga olingan Qirg‘iziston pasporti bilan Germaniyaga uchib ketmoqchi bo‘lgan. Politsiya undan nima maqsadda uchmoqchi ekanligini so‘raganda sayyoh ekanligini aytgan. Lekin, politsiya bundan shubhalanib, pasportini tekshirganida uning soxta ekani ma’lum bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, uning 4 yil avval terrorchi tashkilotga a’zoligi aybi bilan operatsiya olib borilayotganda repatriatsiya markazidan qochib ketgani aniqlandi. Politsiya uni deportatsiya qilinishi uchun Istanbul viloyati migratsiya boshqarmasiga topshirgan, deb xabar beradi Tez news.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
MOSKVA VILOYATIDAGI NOMAʼLUM AYOL BOLALAR BOG‘CHASIDAN BOLANI O‘G‘IRLAMOQCHI BO‘LDI
O‘G‘IRLIK TUFAYLI U BIR QATOR BAXTSIZLIKLARNI BOSHDAN KECHIRGAN
TURLI SOXTA HUJJATLAR BILAN CHEGARALARNI KESIB O‘TISHGA URINISH O‘ZBEKISTON VA ROSSIYA QONUNLARIGA KO‘RA, JINOIY JAVOBGARLIKKA TORTILISHGA SABAB BO‘LISHI MUMKIN
Ana xolos…
MARSHAL OROLLARIDA QOLIB KETGAN QAYIQ
PLASTIK KARTA FIRIBGARI
Izohlar (0)