“Tolibon” rahbarlik lavozimlariga ayollarni tayinlaganini e’lon qildi

“Muvaqqat Vazirlar mahkamasi rahbarining farmoyishiga bilan doktor Malalay Rahim butun mamlakatdagi yagona akusherlik va ginekologiya muassasasi boʻlgan “Malalay” ixtisoslashtirilgan tugʻruqxonasi direktori etib tayinlandi. Oliy taʼlim vazirligi taklifi va muvaqqat hukumatdagi bosh vazirning roziligi bilan doktor Arian “Shahror” ginekologiya klinikasi direktori etib tayinlandi”, deyiladi xabarda.
Ushbu tayinlovlar oldidan “Tolibon” harakati aʼzolari qator davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari bilan koʻplab uchrashuvlari boʻlib oʻtdi. Ularda xotin-qizlarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ishtiroki masalasi koʻtarildi.
Kobuldagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Tibbiyot fanlari universiteti qoshidagi “Malalay” milliy ixtisoslashtirilgan tugʻruqxonasi va “Shahror” ginekologiya klinikasi onalar oʻlimi oʻtkir muammo boʻlgan Afgʻonistonda shu yoʻnalishdagi eng yaxshi muassasalar hisoblanadi.
Xalqaro hamjamiyatning faol qoʻllab-quvvatlashi tufayli, BMT maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi 20 yil ichida Afgʻonistonda chaqaloqlar oʻrtasida oʻlim (har 100 ming tugʻilgan chaqaloqqa) 2000-yildagi 1450 tadan 2019-yilda 638 tagacha kamaydi. Shunga qaramay, bu dunyodagi eng yuqori koʻrsatkichlardan biri hisoblanadi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

“Tolibon” Kobul aholisidan qurollarini topshirishni talab qilmoqda

“Tolibon” harakati o’z shartlarini ma’lum qildi

“Tolibon”ning Turkiyaga tahdidi

Erdo‘g‘on "Tolibon" bo‘yicha bayonot bilan chiqdi

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Afgʻonistonda

Turkmaniston prezidenti oʻgʻlini Bosh vazir oʻrinbosari etib tayinladi
Izohlar (0)