“Tolibon” harakati o’z shartlarini ma’lum qildi

Shohin muzokaralar «Doha kelishuvi» asosida olib borilishini taʼkidlagan. Unga koʻra, tomonlar avval mojaroni siyosiy yoʻl bilan hal qilish boʻyicha yoʻl xaritasini muhokama qiladilar va shundan keyingina oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha muzokaralarga kirishiladi.
“Ammo biz hali ham siyosiy yoʻl xaritani muhokama qilish jarayonida turibmiz”, deydi Tolibon vakili.
Afgʻonistondagi vaziyat, ayniqsa, AQSH va NATO joriy yilning 1-may kuni Afgʻoniston hududlaridan oʻz qoʻshinlarini rasmiy ravishda olib chiqishni boshlaganidan soʻng keskinlashdi.
8-iyul kuni AQSH prezidenti Jo Bayden AQSH armiyasi Afgʻonistonni 31-avgustgacha toʻliq tark etishini maʼlum qildi. Unga koʻra, AQSH Afgʻonistonda diplomatik ishtirokini saqlab qoladi va mamlakatdagi vaziyatni yaxshilashga intiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)