Fevral oyidan Singapurda koronavirusga qarshi bepul vaksinatsiya boshlanadi
Singapur hukumati 2021-yil fevralidan boshlab aholini koronavirusga qarshi ommaviy vaksinatsiya qilishni boshlaydi. Mamlakat bir kunda 70 ming kishini emlashni rejalashtirmoqda, deb yozadi “TASS”.
Singapur Sogʻliqni saqlash vazirligi emlash uchun oʻnlab markazlar tashkil qilishni rejalashtirmoqda. Xususan, buning uchun sport zallari va maktab binolaridan foydalanish nazarda tutilgan. Bunday markaz mahalliy Changi aeroporti terminallaridan birida 18-yanvar kuni ochilgan. Bundan tashqari, maxsus muassasalarda, masalan, qariyalar uyida emlashni amalga oshiruvchi mobil guruhlar tuziladi.
Rejaga koʻra, Singapur aholisining asosiy qismi 2021-yil oxirigacha vaksinani bepul olishi mumkin.
Mamlakatda koronavirusga qarshi emlash birinchi boʻlib tibbiyot xodimlarida, soʻngra bosh vazir Li Syan Lun boshchiligidagi hukumat aʼzolarida amalga oshirilgan.
Maʼlumot uchun, Singapur Pfizer/BioNTech, Moderna va Sinovac vaksinalaridan foydalanishni koʻzda tutgan. Uchala vaksinadan faqat Pfizer/BioNTech rasman maʼqullangan.
Eslatib oʻtamiz, Singapurda 2020-yil noyabr oyida SARS-CoV-2 koronavirusiga qarshi antitanaga ega chaqaloq tugʻilgandi. Shuningdek, singapurlik olimlar koronavirusni bir necha daqiqada aniqlaydigan test apparati hamda COVID-19 simptomlarini kuzatuvchi aqlli niqob yaratgan Foto: Bloomberg
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
OʻZBEKISTON VAKSINA SOTIB OLISH UCHUN QANCHA SARFLASHI MAʼLUM BOʻLDI
KORONAVIRUS UCHUN 3 TA VAKTSINANI SOLISHTIRAMIZ: QAYSI SAMARALIROQ?
NAVOIY VILOYATIDA 2021-YILDA IJTIMOIY SOHADA QANDAY YIRIK LOYIHALAR AMALGA OSHIRILADI?
Ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun 500 mlrd soʻm ajratiladi
Somalidagi ocharchilik.
“Hatto choʻkayotgan boʻlsang ham oʻqi!”
Izohlar (0)