Ukraina politsiyasi xalqaro jinoyatlarga aloqador kiberfiribgarlarni qo‘lga oldi
Ukrainadan kiberfiribgarlardan iborat jinoiy guruh aniqlanib, qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda IIV huzuridagi Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati.
Joriy yilning 31 avgust kuni Ukraina Milliy politsiyasi tomonidan maxsus tezkor tadbir o‘tkazildi va uning davomida xalqaro kiberfiribgarlik bilan shug‘ullangan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi.
Aniqlanishicha, mazkur fuqarolar internet tarmog‘i orqali chet el fuqarolarini aldab, o‘zlarini bank xodimlari sifatida ko‘rsatgan. Ular o‘z qurbonlarining bank kartalari haqidagi barcha kerakli ma’lumotlarni olib, pullarini o‘zlashtirib olishgan. Bundan tashqari, ular boshqa odamlarning pullarini egallab olish uchun soxta saytlar va kripto-birjalar yaratdilar.
Ko‘zdan kechirish chog‘ida banklar uchun mo‘ljallangan yuqori texnologiyali zamonaviy uskunalar, shuningdek, Call-markaz tashkil etish uchun zamonaviy jihozlar topilib, olib qo‘yildi. Bundan tashqari, kompyuter va server uskunalari olib qo‘yildi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Terrorchilik tashkiloti tarkibiga kirmoqchi boʻlgan shaxslar qoʻlga olindi
Meva o’g’risi qo’lga olindi
Samarqandagi tungi reydlar davomida foxishalik bilan shug’ullangan 9 nafar ayol aniqlandi
OIV infeksiyasini bir necha shaxslarga qasddan yuqtirgan ayol qoʻlga olindi
Buxoroda jinoiy guruh qoʻlga olindi
Samarqandda firibgarlar qoʻlga olindi
Izohlar (0)