Terrorchilik tashkiloti tarkibiga kirmoqchi boʻlgan shaxslar qoʻlga olindi
Jizzax viloyatining Arnasoy va Mirzachoʻl tumanlarida yashovchi bir guruh shaxslar Suriya Arab Respublikasida qoʻnim topgan “Tavxid va jihod katibasi” xalqaro terrorchilik tashkiloti tarkibiga chiqib ketishni rejalashtirayotgan edi. 2021-yilning 23-mart kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlar jarayonida ushbu shaxslar ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.
Sangzor.uz saytining huquqni muhofaza qiluvchi organlarga asoslanib tarqatgan xabariga koʻra, mazkur fuqarolar xorijda boʻlishi davomida Internet tarmogʻi orqali terrorchilik tuzilmalari yollovchilarining taʼsiriga tushib, yashash manzillarida noqonuniy diniy yigʻinlar tashkil qilgan holda, atrofdagilarga taqiqlangan buzgʻunchi gʻoyalarni targʻib qilib kelganlar.
Hozirda surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Rossiyadan qaytgan fuqaroda taqiqlangan diniy materiallar aniqlandi
Buxoroda jinoiy guruh qoʻlga olindi
OIV infeksiyasini bir necha shaxslarga qasddan yuqtirgan ayol qoʻlga olindi
Bola uchun 3000 dollar yoxud bolasini pullayotgan ona
14 yoshli qizaloqning nomusiga tekkan shaxslar bilan bogʻliq holat boʻyicha munosabat
“Tovlamachi ona” qo’lga olindi
Izohlar (0)