Buxoroda jinoiy guruh qoʻlga olindi
Buxoroda taniqli tadbirkordan 70 ming dollar talab qilgan jinoiy guruh qoʻlga olingan. Bu pul evaziga guruh aʼzolari tadbirkorni oʻldirmaslikka vaʼda qilishgan. Bu haqda Batafsil.uz. xabar beradi.
Jinoy guruh aʼzolari hisoblangan ikki nafar aka-uka hamda ikki nafar yosh sportchilar tadbirkorni qoʻrqitish uchun “aqlli” reja ishlab chiqishgan. Ular tadbirkor ofisi yonida joylashgan boshqa bir ofis qorovulini oʻzlariga xabarchi qilib olishgan. U “oʻlja”ning harakatlanishini kuzatib borib, jinoyatchilarga maʼlumot berib turgan.
Jabrlanuvchini qoʻrqitish maqsadida TOZ rusumli qirqma oʻq otar qurol ham tayyorlab qoʻyilgan.
“4-mart kuni soat 17:10 larda 3 nafar erkak jabrlanuvchining boshqaruvida boʻlgan “Kaptiva” rusumli avtomashinani toʻxtatib, uni oʻldirish uchun buyurtma tushganligini, buyurtmani bajarsa 50.000 AQSH dollar miqdorida xizmat haqi olishini, agarda buyurtmachi tomonidan beriladigan summadan ortiqroq pul bersa, uni oʻldirmasdan, buyurtma bergan shaxslar toʻgʻrisida maʼlumot berishini, buning evaziga 70.000 AQSH dollar pul talab qilishgan”, - deya xabar bermoqda IIV.
Tadbirkor talabga rozi boʻlib, pul toʻplash uchun ikki kun muhlat soʻragan. Biroq, jinoyatchilarning qoʻlidan qutulib, darhol huquqni muhofaza qilish idorasiga murojaat qilgan.
Oʻtkazilgan tezkor tadbirda jinoiy guruh aʼzolari 50.000 AQSH dollar pullarni jabrlanuvchidan olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Shuningdek, ulardan 1 dona “TOZ” rusumli qirqma oʻq otar qurol, 6 dona jangovar patronlar, va pichoq ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan holda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Erkakalar besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
NUKUS SHAHRIDA YOʻLNI TOʻSIB QOʻYGAN AYOLLARNING 591 MLN SOʻMLIK TOʻLANMAGAN ISH HAQI BUGUN TOʻLIQ BERILADI
Qizni uylanishga majburlagan yigit sud oldida javob beradi
Namanganda masjidni tunamoqchi boʻlgan uddaburon oʻgʻri qoʻlga tushdi
OIV infeksiyasini bir necha shaxslarga qasddan yuqtirgan ayol qoʻlga olindi
Navoiyda nogironning boʻyniga arqon oʻrab azoblagan shaxs aniqlandi
22 nafar mansabdor ishdan olindi
Izohlar (0)