ROSSIYALIK DMITRIY PELEVIN OILASI BILAN UCHRASHISH MAQSADIDA TINCH OKEANINI YAKKA O‘ZI SUZIB O‘TDI…
Pandemiya tufayli rossiyalik Dmitriy Pelevin Fransiyada qolib ketdi. Rojdestvoni Yangi Zelandiyada oilasi bilan birgalikda nishonlash maqsadida Tinch okeanini suzib o‘tdi.
Koronavirus pandemiyasi tufayli Yevropada qolib ketgan Dmitriy Pelevin Yangi Zelandiyaga rafiqasi va yetti yoshli o‘gʻlining yoniga borish maqsadida mart oyida butun dunyo boʻylab havo qatnovi to‘xtatilayotgan pallada sayohatini boshladi. U 11 metrlik yaxtani sotib oldi. "Bu uyga borishning yaxshi usuli edi, chunki men parvozlar bekor qilingan Fransiyada qolib ketgan edim. Ilgari hech qachon yolgʻiz suzmaganman, lekin bu mening orzum edi", - deydi sayohatchimiz. Dmitriy 10 yil davomida suzib yurgan boʻlsada, katta sayohatlarga hech qachon yolg‘iz chiqmagan.
Dmitriy Pelevin Martinikadan suzib chiqib, Panamaga yetib bordi va Tinch okeaniga kirdi. Olti oy ichida u 13 ming kilometrni bosib o‘tib, Yangi Zelandiyadagi Oklend koʻrfazi portiga yetib keldi va oʻzi koʻzlagan maqsadiga erishdi. Endi u Yangi yilni oilasi bag‘rida kutib oladi, - deb xabar beradi ESQUIRE.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)