Somalida choʻl chigirtkalarining hujumi sabab favqulodda holat eʼlon qilindi

Favqulodda holat Somali qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan eʼlon qilingan, mamlakatning janubiy hududlarida bu boradagi vaziyat ancha ogʻirlashgani qayd etilgan.
BMTning Ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligi tashkiloti – FAO shamol hamda yomgʻir choʻl chigirtkalarining koʻpayishi uchun sharoit yaratilishiga turtki berishi haqida ogohlantirgan.
“Hasharotlar tezda koʻpayib yangi hududlarni egallab olmoqda, oqibatda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari katta xavf ostida qolib ketadi”, – deyilgan tashkilotning bayonotida.
Choʻl chigirtkasi ushbu oilaga mansub hasharotlar ichida eng katta xavf keltiruvchi zararkunanda hisoblanadi. Hasharotlar toʻdasi bir sutka ichida 150 kilometr masofani bosib oʻtadi va yoʻlida uchragan hamma narsani yeb bitiradi.
Bir yil avval yanvar—fevral oylarida Afrikada chigirtkalarning oxirgi 25 yil ichidagi eng katta hujumi kuzatilgandi. Oʻshanda hujumlarga qarshi turish va zararkunandalarni yoʻq qilish uchun havoga petsisidlar, yaʼni zaharli kimyoviy moddalar sepilgandi.
2020-yil dekabr oyida Yaponiyaning Oʻrta Osiyo mamlakatlari va Afgʻonistonga chigirtkadan himoyalanish maqsadida 7,5 million dollar ajratishi xabar qilingandi, deb yozadi daryo.uz.
Foto: EPA
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun 500 mlrd soʻm ajratiladi

Navoiydagi omborxonada yuzaga kelgan yongʻin 8,5 soatdan soʻng bartaraf etildi

Yerga yaqin masofada uchib oʻtadigan asteroid sayyoramiz uchun qanday xavf tugʻdiradi?

Tokio-2020

Buxoroda yuk mashina yukxonasidagi issiq asfalt bilan fuqaroning ustiga ag‘darildi

Jizzaxda qurilayotgan koʻp qavatli uy qulab tushdi
Izohlar (0)