Ikki boshli buzoq baxt-omad olib keldi

Buzoq uning ikki boshi orasiga yopishib olgan ikki reproduktiv organlar toʻplami va qoʻshimcha quloq bilan tugʻilgan. Jiddiy deformatsiyalar tufayli yangi tugʻilgan buzoq nafas olishda qiyinchiliklarga duch keldi va ovqatlanish uchun juda zaif edi.
66 yoshli fermer Somorn Krasesom uni veterinarga olib borgan, lekin hayvon tugʻilgandan yarim soat oʻtgach vafot etgan edi.
“Men tushimda uni nevaram singari bagʻrimga bosdim. Bola menga farovonlik keltirishi kerak edi. Gʻayrioddiy hayvon osmondan sovgʻa deya qaror qabul qilgan edim”, - dedi Krazes. Natijada, bu belgi roʻyobga chiqdi, tailandlik lotereyada 20 ming bat (49,4 ming rubl) yutib olganligi haqida xabar berdi.
Fermer buzoqning jasadini saqlab qolishni va uy yoniga ziyoratgoh oʻrnatishni rejalashtirmoqda. Mahalliy aholi oʻlgan hayvonga taʼzim qilish maqsadida Krazesnikiga kelishmoqchi ekanliklarini aytishdi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Hindistonda qanday qilib haqiqiy “suv parisi” tugʻildi?

Yer yuzidagi eng omadli odam

Birlashgan Arab Amirligida topilgan pushti koʻl

Qovun mavsumida vafot etgan qirolicha

Yevropada davom etayotgan tabiat injiqliklari

ROSSIYALIK DMITRIY PELEVIN OILASI BILAN UCHRASHISH MAQSADIDA TINCH OKEANINI YAKKA O‘ZI SUZIB O‘TDI…
Izohlar (0)