Birlashgan Arab Amirligida topilgan pushti koʻl
Birlashgan Arab Amirligida yangi noyob tabiiy belgi - “Pushti koʻl” topildi. Gʻayrioddiy suv rangiga ega boʻlgan koʻlni mahalliy 19 yoshli talaba Ammar Al Farsiy topgan.
U dronni ishga tushirgan va Rasul Xayma amirligining Al-Rams hududida suratga ola boshlagan. Pushti suv bilan qoplangan koʻlning rasmlari - eni 10 metr va uzunligi 40 metr - qirgʻoqdan 100 metr narida, Saraya orollarida olingan.
Noyob fotosuratlar tezda ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Noyob rangli koʻl suvi “Dunaliella salina” deb nomlangan bir hujayrali suv oʻtlari va shoʻr suvda koʻpayadigan galobakteriyalar tufayli pushti rangga ega boʻladi. Ular karotenoid qizil pigmentlarni ajratib chiqaradilar.
Ras Al-Xayma atrof-muhitni rivojlantirish boʻyicha bosh direktori doktor Seyf Al Gays shunday dedi: “Qizil suv oʻtlarining koʻpayishi sababli suv pushti rangga aylanib bormoqda - bu yerda 4000 dan ortiq suv oʻtlari turi mavjud”. Uning qoʻshimcha qilishicha, suvda rang oʻzgarishi uchun haqiqiy sabablarni aniqlash uchun, laboratoriyada koʻl suvidagi namunalar toʻplanishi va tahlil qilinishi kerak, deb yozadi xabar.uz.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)