Bill Geyts koronavirus pandemiyasini toʻxtatish usulini aytib oʻtdi
Microsoft asoschisi Bill Geyts Myunxen Xavfsizlik Konferentsiyasida COVID-19 vaksinasini ishlab chiqarish inshootlariga milliardlab dollarlik sarmoyalar pandemiyaga barham berish maqsadga muvofiqligini aytdi. Tadbir 19-fevral kuni onlayn formatda boʻlib oʻtdi va konferentsiyaning YouTube-kanalida namoyish etildi.
“Bizga sarmoyalar kerak. Bu hech qachon takrorlanmasligiga amin boʻlish uchun oz miqdordagi milliardlar”, dedi u oʻz nutqida.
Tadbirkorning fikriga koʻra, pandemiyani tugatish uchun mamlakatlar va korporatsiyalar oʻrtasida hamkorlik zarur. Geyts taʼkidlashicha, kelgusi yillarda dunyodagi asosiy ustuvor vazifalar vaksinalardan teng foydalanish, shuningdek kelajakda shu kabi ofatlarning oldini olish uchun alyanslar yaratish boʻlishi kerak.
27 yanvar kuni Geyts dunyoning keyingi pandemiyaga tayyor emasligi, bu koronavirus bilan bog'liq vaziyatdan 10 baravar yomonroq boʻlishi mumkinligi haqida gapirdi.
Shu bilan birga, noyabr oyida koʻp milliarder uch yil ichida yangi pandemiya boshlanishi mumkinligini tan oldi. Shu bilan birga, u insoniyat omadli boʻlishi mumkinligini va “bu 20 yildan keyin sodir boʻlishini” ta'kidladi.
Geyts xayriya jamgʻarmasi koronavirusga qarshi kurashish uchun 650 million dollar ajratdi. Bu mustaqil fondlar orasida eng katta xayriya boʻldi, deb yozadi IZ.RU.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Yil yakuni uchun mutolaa: Bill Geyts 5ta kitobni tavsiya qildi
Turkiyada yaratilishi mumkin boʻlgan yangi konstitutsiya
Kaliforniyada emlanganidan koʻp oʻtmay vafot etgan bemor ishi yuzasidan tergov olib borilmoqda
Xitoy AQSHning dunyodagi mavqeiga qarshi chiqmoqchi emas
OʻZBEKISTON VAKSINA SOTIB OLISH UCHUN QANCHA SARFLASHI MAʼLUM BOʻLDI
Balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib bo‘lmaydi - Shavkat Mirziyoyev
Izohlar (0)