Turkiyada yaratilishi mumkin boʻlgan yangi konstitutsiya
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon mamlakatning yangi konstitutsiyasini yaratish borasida muhokamalarni boshlash zaruriyati haqida gapirdi. Bu haqda davlat rahbari Turkiya hukumati majlisi yakunlari boʻyicha aytib oʻtdi, deb yozadi “RBK”.
“Balki, Turkiyada yana yangi konstitutsiyani muhokama qilish payti kelgandir. Biz bunga yaqin orada kirishishimiz mumkin”, — dedi u.
Prezidentning soʻzlariga koʻra, “bu jarayon shaffof tarzda amalga oshirilishi kerak”. “Yakuniy matn xalq hukmiga havola qilinishi kerak”, — deya taʼkidladi Erdoʻgʻon.
Turkiya yetakchisining maʼlum qilishicha, tez orada hukumat jamoatchilik bilan islohotlarning yangi paketi haqidagi maʼlumot bilan boʻlishadi, u yerda, xususan, maqsadlar va vazifalar tavsiflanadi. “Agar biz bu mavzuda Xalq alyansi (hukmron partiya) bilan kelishuvga erishsak, unda eng yaqin orada yangi konstitutsiya ustida ishlashga kirishamiz, parlamentda qonunchilikka nisbatan, prezident maʼmuriyatida esa maʼmuriy funksiyalarga nisbatan qadamlar tashlashni boshlaymiz”, — deya aniqlik kiritdi Erdoʻgʻon.
2017-yilda Turkiyada konstitutsiya boʻyicha referendum boʻlib oʻtdi. Bundan bir necha oy avval parlament Erdoʻgʻon tomonidan taklif qilingan konstitutsiyaga kiritiladigan 18 ta tuzatishdan iborat paketni maʼqullagan edi. Xususan, u bosh vazir lavozimini qisqartirishni, shuningdek, prezidentga vazirlarni shaxsan tayinlash, byudjetni taqdim etish, oliy sudlar koʻpchilik sudyalari nomzodlarini ilgari surish va qonun maqomiga ega boʻladigan farmonlarni chiqarish huquqini berishni taklif qilgan edi. Bundan tashqari, Erdoʻgʻon prezidentga favqulodda holat eʼlon qilish va parlamentni tarqatib yuborish imkoniyatini berishni ham taklif qilgan.
Yakunda mamlakat aholisining 50 foizdan sal koʻprogʻi konstitutsiyaga tuzatishlar kiritilishini yoqlab ovoz berdi (Bursadan tashqari yirik shaharlar aholisining aksariyati qarshi ovoz bergan). Shu tariqa, Turkiya boshqaruvi parlament shaklidan prezidentlik shakliga oʻtdi. Erdoʻgʻon konstitutsiyani isloh qilish mamlakat xavfsizligini mustahkamlash, ayniqsa, 2016-yil yozidagi amalga oshmagan davlat toʻntarishidan keyin, zarurligini aytgan edi. Yangi tizim, degan edi u, Fransiya va AQSHnikiga oʻxshash boʻlib, “agʻdar-toʻntarlar davrida xotirjamlik” keltiradi, deb xabar beradi daryo.uz.
Foto: AP Photo
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Si Szinpin yangi sovuq urush boshlanishi mumkinligi haqida ogohlantirdi
Nega Buxoro boshqa viloyatlardan 10 yil orqada qolyapti?
«OSHKORALIK VA SO‘Z ERKINLIGI — BU DAVR TALABI, BU O‘ZBEKISTONDAGI ISLOHOTLARNING TALABI»
Balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib bo‘lmaydi - Shavkat Mirziyoyev
"OSHKORALIK VA SO‘Z ERKINLIGI — BU DAVR TALABI, BU O‘ZBEKISTONDAGI ISLOHOTLARNING TALABI". SHAVKAT MIRZIYOYEV SO‘Z ERKINLIGI SOHASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR HAQIDA
“Agar zarur sanitariya qoidalariga rioya qilinmasa, Oʻzbekistonda karantin choralari yana kuchaytirilishi mumkin” – Bahodir Yusupaliyev
Izohlar (0)