Biz insonlar nega urushamiz? Armstrong esdaliklaridan
1969-yil 20-iyulda Amerikalik mashhur astronavt Nil Armstrong birinchi boʻlib oy sathiga oyoq qoʻyadi. Uning esdaliklarida quyidagi gaplar yozilgan:
“Men real insonman. Hissiyotga berilmaydigan shaxsiyat egasiman. Otamning manzilini tark qilganimda yigʻlamadim...
Sevimli mushugim oʻlganida yigʻlamadim...
Otam vafot etganida yigʻlamadim...
NASA agentligidan ish topganimda yigʻlamadim...
Birinchi bor oy sathiga oyoq qoʻyganimda yigʻlamadim...
Ammo oydan turib yerga boqqanimda mahzunlik va gʻam tomogʻimga tiqildi. Hoʻngrab yigʻladim. Amerika bayrogʻini oy sathiga sanchishga harakat qildim. Nega yigʻlaganimni bilasizmi?
Sababi shuki, oy bilan yer orasidagi shu kichkina masofadan yerga boqqanimda nuqta singari moviy, haqir, chegaralardan xoliy, ranglardan xoliy, irq va jinslardan xoliy yerni koʻrdim. Oʻzimga-oʻzim: ”Biz insonlar nega urushamiz?! Nega bir-birimizni oʻldiramiz?!-dedim. Bosh barmogʻimni yerning roʻparasiga qoʻydim. U yerni toʻliq qopladi. Men bu jaholat, koʻrlik va biz gʻarq boʻlgan taassub uchun hoʻngrab-hoʻngrab yigʻladim!".
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Oʻzbekistonda korrupsionerlar roʻyxati tuziladi
Nima uchun biz ot kuchida oʻlchaymiz: otlar va odamlar
Kurash
Yerga yaqin masofada uchib oʻtadigan asteroid sayyoramiz uchun qanday xavf tugʻdiradi?
BIZ SEVIB ISTE’MOL QILADIGAN XOT-DOG ASLIDA NEGA BUNDAY NOMLANISHI HAQIDA HECH O’YLAB KO’RGANMISIZ?
Yupiterdan maʼlumot
Izohlar (0)