Kurash
Orzularim poyon bilmaydi,
Qalbda tuygʻu qilar gʻalayon...
Netay, taslim boʻlgim kelmaydi,
Tushunmaysiz nega, onajon?!
Oson emas shunchaki koʻnib,
Barchasidan zumdan voz kechish.
Oq orzuni armonga berib,
Unutaman deb qasam ichish.
Siz istaysiz tomga chiqishim,
Men xohlayman koʻkka uchishni.
Tom ustidan oyga boqishmas,
Oʻzim borib oyni quchishni!
Qaygʻu har gal oʻzi yigʻlatib,
Yana oʻzi artar yoshimni.
Orzularim ushalsin, ona,
Duo qilib, silang boshimni…
Mahsuma ROʻZIQULOVA
Karmana tumani 30-maktab 11-sinf oʻquvchisi
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)