“QILICH OTA” HAQIDA RIVOYAT
“Qilich ota” muqaddas qadamjosi Navoiy viloyati Konimex tumani Yangiobod QFY hududida joylashgan. Tarixdan ma'lumki, arab xalifaligi davrida Markaziy Osiyoning mahalliy aholisidan boj yig‘ib olingan.
Rivoyatlarga qaraganda, XII-asrda Turkistonda Abubakir Siddiqning avlodlaridan bo‘lgan Ilgim A'zam hukmdorlik qilgan hozirgi Konimex hududiga Kamoliddin ismli navkar keladi. Hukmdorning go‘zal qizi bo‘lib, Kamoliddin o‘sha qizga oshiq bo‘lib, o‘ylangan. Oradan ko‘p o‘tmay Bog‘dod xalifasining bo‘yrug‘i bilan Kamoliddin yana Makkaga qayta chaqirib olinadi. Xotini o‘g‘il farzand ko‘rib, uning ismini Said Burxoniddin deb qo‘yadi. U 4 yoshida harf o‘rganib, o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqini bildiradi. G‘ijduvon, Buxorodagi madrasalarda tahsil olib, diniy, dunyoviy va harbiy ilmlarni mukammal egallagan. 17 yoshida unga g‘oyibdan oq ot va qilich tushgan degan naqllar mavjud. Qilichining ustiga nima qo‘yilsa ikkiga bo‘linavergan va shu sababli uni xalq “Qilich ota” deb atashgan. Said Burxoniddinda ilohiy qobiliyat mujassam bo‘lib, xasta bemorlarni davolar, o‘tkir nafasi ila duo o‘qib dargohiga najot izlab kelganlarni dardiga malham bo‘lgan kamtarin insonlardan edi. Uning vafotidan so‘ng qabri ardoqlangan, eʼ'zozlagan, muqaddas qadamjo sifatida saqlangan. “Hazrati qilich ota” qabrining boshiga qo‘yilgan toshga ilohiy duo yozilgan bo‘lib, hozir ham shifo istab kelganlar toshni tavof qilib suv oqizib ichishadi.
Muhabbat YULDOSHEVA,
tarix fanlari nomzodi, dotsent
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)