QUYOSH BATAREYALARIDAN FOYDALANISH VAQTI KELMADIMI?
Qishning sovuq kunlarida elektr uzilishlari har qachongidan ko‘proq bo‘lishi ehtimoli yo‘q emas. “Navoiy hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan o‘tkazilgan brifingda mana shu muammo haqida so‘z bordi.
- 2020-2021 yillarda kuz va qish mavsumida aholi va ijtimoiy soha isteʼmolchilarini uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun energitika tizimining yuklamasini maksimum soatlarda elektr energiyasi isteʼmolini pasaytirish tadbirlari ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan, - korxona texnik bo‘limi boshlig‘i Zokirjon Sharopov.
Z. Sharopov elektr energiyasi isteʼmolini uzluksiz taʼminlashni hozirgi vaqtda iloji yo‘qligini, tizim bunga tayyor emasligini, uzilishlarni internet tarmoqlari orqali aholiga xabar berilayotgani haqida ham maʼlumot berdi. Ammo, aholi bu xabardan voqif bo‘lmayotganligi, elektr energiyasi isteʼmolini pasaytirish grafigi shaffofligi taʼmilanmaganligi tufayli ko‘plab tadbirkorlik subʼektlari zarar ko‘rmoqda.
Elektr uzilishlari taʼlim, tibbiyot, barcha sohalarga o‘z taʼsirini o‘tkazadi. Shu o‘rinda taʼkidlash joizki, respublikamizda ishlab chiqarilayotgan quyosh batareyalari bilan aholi va ijtimoiy tarmoqlarni taʼminlash yo‘lga qo‘yilsa, muammolar barham topgan bo‘lardi.
Gulshoda NORTOJIYEVA