Kuz keldi

Kimning shodligiga, kimning taxtiga,
Kimningdir umriga yasalar yakun.
Kimning baxtiga-yu kimning qadriga,
Mening dardlarimga kuz keldi bugun..!
Oltinday tovlanib dildagi dog'lar,
Xazondek to'kilib tugar, adog'lar,
Bir so'zni yuragim sevib ardoqlar ---
Mening dardlarimga kuz keldi bugun.
Xijron daraxt yanglig' ketti uyquga,
Sokinman, oshnoman dilkash tuyg'uga,
Oq tumanlar parda turib qayg'uga,
Mening dardlarimga kuz keldi bugun.
Yomg'ir yuvib ketgan shibba devordek,
Tuyqus davo topgan xasta bemordek,
Qorong'u tundan so'ng yorug'lik bordek
Mening dardlarimga kuz keldi bugun.
Orzu bayotidan qayiq yasadim,
U ko'lmakda suzdi, menchi, yashnadim,
Bu kunni intizor kutib yashadim,
Mening dardlarimga kuz keldi bugun.
Kimning shodligiga, kimning taxtiga,
Kimningdir umriga yasalar yakun.
Kimning baxtiga-yu kimning qadriga,
Mening dardlarimga kuz keldi bugun..!
2019-yil. Oktabr
Shukrona (Mahsuma)
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

“Tolibon”ning Turkiyaga tahdidi

Fargʻonada 4 nafar egizak dunyoga keldi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev O‘zbekistonga oltin olib keldi va Olimpiada rekordini o‘rnatdi

20 yoshli haydovchi qiz ishtirokida jiddiy YTH yuzaga keldi

Olisda koʻringan uy

ROSSIYALIK DMITRIY PELEVIN OILASI BILAN UCHRASHISH MAQSADIDA TINCH OKEANINI YAKKA O‘ZI SUZIB O‘TDI…
Izohlar (0)