Olisda koʻringan uy

U kimning uyi?
Kunlardan bir kuni uyidan chiqib, oʻsha tomonga qarab yuraveribdi. Yoʻl yuribdi, yoʻl yursayam moʻl yuribdi, oxiri oʻsha joyga yetib boribdi. Lekin shu payt toʻsatdan atrofga qorongʻi tushibdi. Qizcha oʻrmon ichida uxlab qolibdi. Bir mahal uygʻonib qarasa, oʻzi kelgan tomonda yana bir uy charaqlab turganmish. Uning ham oynalari xuddi oltinga oʻxshab yalt-yalt etib turganmish. Qizcha oldiniga hayron boʻlibdi, keyin bu uy oʻzlariniki ekanini, oftob nuri tushib, shunaqa yaraqlab turganini tushunibdi.Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)