Profilaktik yoʻnalishga tizimli yondashuv

Ushbu buyruqqa asosan, birlamchi tibbiy - sanitariya yordami koʻrsatuvchi muassasalar faoliyatidagi profilaktik yoʻnalishni kuchaytirish hamda tizimli ravishda tibbiy madaniyat, sanitariya va gigiyena hamda sogʻlom turmush tarzi boʻyicha koʻnikmalarni aholining keng qatlamlari orasida tadbiq etish boʻyicha vazifalari belgilandi.
Shuni ta’kidlash lozimki, tibbiyot sohasida bosqichma - bosqich olib borilayotgan islohotlar “Sogʻlom turmush - kelajak poydevori“ maqsadli masalalarini hal qilish jismonan baquvvat, ruhan tetik, intelektual salohiyati yuqori barkamol avlodni tarbiyalashda ijobiy natijalar bermoqda.
Inson sogʻligʻi uning oʻziga bogʻliq ekanligi yildan – yilga koʻproq ayon boʻlmoqda. Salomatlik har bir inson uchun bebaho boylik sifatida jamiyatning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishining muhim shartlaridan biri.
SALOMATLIK oʻzi nima? Jahon Sogʻliqni saqlash tashkilotining ta’rifiga koʻra, salomatlik - bu nafaqat kasallik yoki jismoniy nuqsonlarning yoʻqligi, balki toʻliq jismoniy, ruxiy, ijtimoiy xotirjamlik xolatidir.
Inson sogʻligʻi nimalarga bogʻliq? Jahon Sogʻliqni saqlash tashkiloti ekspertlarining asosli xulosalariga koʻra tibbiy xizmat sogʻligʻimizning atigi 8-10 % ini ta’minlar ekan. Sogʻligʻimizning 18% i irsiy omillarga, 17 % atrof muhitga va 50% dan koʻprogʻi turmush tarzimizga, ya’ni bevosita oʻzimizga bogʻliq ekan.
Sogʻlom turmush tarzi deganda nima tushinamiz?
SOGʻLOM TURMUSH TARZI-Inson hayot tarzi boʻlib, bunda kishi oʻzining va atrofidagilarning sogʻligini saqlash, mustahkamlash va kasalliklarni oldini olish bilan bogʻliq tadbirlar majmuasi tushuniladi.
SOGʻLOM TURMUSH TARZI - inson salomatligini yaxshilash, va muhofaza qilishga qaratilgan faol harakatdir. Sogʻlom turmush tarzi keng ma’noli tushuncha boʻlib, unga toʻgʻri ovqatlanish, jismoniy faollik, unumli mehnat qilish va dam olish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, zararli odatlardan oʻzini tiyish va xokazolar kiradi.
M. Hamroyeva
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Aholining 45 foizi semirib ketishi mumkin

Koronavirusga qarshi chora-tadbirlar

Rossiya tibbiyot universitetining Toshkent filiali ochilmoqda

СOVID-19 bilan kasallangan fuqarolarni emlash kerakmi?

Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi davlat grantlarini ajratish uchun toʻrtinchi tanlovni e'lon qiladi

10 ming qadam yurgan fuqarolarga pul toʻlovlari toʻlanadi
Izohlar (0)