10 ming qadam yurgan fuqarolarga pul toʻlovlari toʻlanadi

Nizomga muvofiq, Oʻzbekiston hududida bir sutka davomida oʻn ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoshdagi Oʻzbekiston fuqarolarining platformadagi elektron hamyoniga 3 ming soʻmdan oʻtkaziladi.
Hududlar kesimi boʻyicha eng koʻp yurgan shaxslarga har oyda:
tuman (shahar)da – 300 ming soʻm;viloyatlar va Toshkent shahrida – 500 ming soʻm;
Respublika boʻyicha – 1 mln soʻm qoʻshimcha ravishda platformadagi elektron hamyoniga oʻtkaziladi.
Platformada fuqarolarning yurgan qadamlari hisobi soat 00:00 dan 23:59 gacha yuritiladi.
Mobil ilovadan foydalanish uchun fuqarolar Google Play Market yoki AppStore internet doʻkonlaridan mobil ilovani yuklab olishi hamda Android operatsion tizimida Google Fit, iOS operatsion tizimida HealthKit ilovalarini mobil qurilmalariga oʻrnatishi lozim.
Buning uchun fuqarolar id.egov.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtib autentifikatsiya va identifikatsiyasini amalga oshirishlari lozim.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

2020-yilda Oʻzbekistonda eng koʻp nikoh qayd etilgan viloyatlar maʼlum boʻldi

Ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun 500 mlrd soʻm ajratiladi

Meva va sabzavotlar eksportida yetakchi hududlar maʼlum qilindi

Oʻtgan yil davomida 10 mln tonnadan ortiq sabzavot yetishtirildi

NUKUS SHAHRIDA YOʻLNI TOʻSIB QOʻYGAN AYOLLARNING 591 MLN SOʻMLIK TOʻLANMAGAN ISH HAQI BUGUN TOʻLIQ BERILADI

Ketmа-ket jinoyаtgа qoʻl urishdi
Izohlar (0)