Oʻgʻrilik

Bundan tashqari, fuqaro E.Qurbonov oʻzining jinoiy xarakatlarini qasddan davom ettirib, 2021-yil 1-mart kuni, soat 20:15 larda, Navoiy shahar, Me’morlar koʻchasi 9-uy oldida turgan, fuqaro Ismatov Shoxruxxan Ilxom oʻgʻliga tegishli boʻlgan, “Neksiya” rusumli 30 V 035 FSA davlat raqamli avtomashinani ochib uning ichidagi qimmatliklarni olib ketish maqsadida, mashina qulfini oʻzida boʻlgan metal qaychi bilan ochayotgan vaqtida, mashina egasi Sh.Ismatovni kelib qolishi natijasida oʻzining jinoiy xarakatlarini oʻziga bogʻliq boʻlmagan holda nihoyasiga yetkaza olmagan.
Mazkur xolatda Qurbonov Erkin Murotovichning xarakatlarida Oʻzbekiston Respublikasi JKning 25,169-moddasi 3-qismi “a” bandida, koʻrsatilgan jinoyat tarkibi mavjud boʻlganligi sababli, ushbu modda bilan tergovchi katta leytenant I.U.Eshpulatov tomonidan 02.03.2021-yil kuni 124011/2021-27IE-sonli jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Navoiy shahar IIB JQG tezkor vakili katta leytenant Zokirov Siroj
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)