Firibgarlik
“Стриве Фор Прогрресс” MCHJ rahbari Razzokov Shavkat Rabbimovich oʻzganing mulkini firibgarlik yoʻli bilan talon-toroj qilish maqsadida, jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, fuqarolar M.Xidirova, Sh.Bozorova va N.Gʻiyosovalarga oʻzini “Har bir oila tadbirkor” davlat dasturi boʻyicha Navoiy shahridagi “Yoshlik” va “Matonat” mahalla fuqarolar yigʻinlari uchun ta’minotchi sifatida tanishtirib, arzon narxda tikuv dastgohlari keltirib berishni va’da qilib, ular bilan oʻzi rahbarlik qilayotgan jamiyat oʻrtasida mahsulotlarni yetkazib berish boʻyicha shartnomalar imzolab, fuqarolarni aldab va ularning ishonchini suiiste’mol qilib, M.Xidirova bilan 20 mln. soʻmlik, N.Bozorova bilan 15 mln. soʻmlik va N.Gʻiyosova bilan 20 mln. soʻmlik texnika vositalarini yetkazib berish yuzasidan tuzilgan shartnomalarga asosan jamiyat hisob raqamiga jami 55 mln. soʻm kredit mablagʻlarini bank orqali koʻchirilishiga erishib, fuqarolarga kelishilgan dastgohlarni yetkazib bermasdan, jamiyat hisob raqamiga kelib tushgan kredit mablagʻlarini oʻz ehtiyojlari yoʻlida sarflagan.
Mazkur holat yuzasidan 26.06.2021-yilda Navoiy shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan fuqaro Razzokov Shavkat Rabbimovichga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 124011/2021-121TX-sonli jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Mazkur holat yuzasidan 26.06.2021-yilda Navoiy shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan fuqaro Razzokov Shavkat Rabbimovichga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan 124011/2021-121TX-sonli jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)