Sud – odamlarning ishonchi!
2021-yilning 21-dekabr kuni jinoyat ishlari boʻyicha Zarafshon shahar sudi tomonidan D. B. va boshqalarga oid jinoyat ishi koʻrildi.
Sudlanuvchilar endigina voyaga yetgan 18-19 yoshli, 3 nafar oʻspirin yigit boʻlib, jinoyat ishi boʻyicha 29.07.2021-yildan yaʼni 4 oyu 22 kundan beri qamoqda saqlanmoqda.
Ularning aybi - Zarafshon shahar “A-379” avtomobil yoʻlining
201-kilometrida joylashgan yuk avtomashinalari toʻxtash bekatida fuqaro S. U. tomonidan eshiklari qulflanib, vaqtincha qoldirilgan, 1998-yilda ishlab chiqarilgan, eski “Tiko” avtomashinasini ochiq qolgan eshik oynasi orqali ochib, avtomashinani bir dona alyumin sim boʻlagi bilan oʻt oldirib, Zarafshon shahri va Tomdi tumani, “Tomdibuloq” OFY hududlarida sheriklari bilan navbatma-navbat boshqarib, avtomashinani texnik nosoz holatga keltirib, voqea joyidan yashiringan, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasi JK 267-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan bir guruh shaxslar boʻlib, avtomashinaniolib qochish jinoyatini sodir etgan.
Maʼlumot uchun aytish joizki, ushbu jinoyat uchun qonunda
10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi nazarda tutilgan.
Sudda sudlanuvchilar avtomashinani qiziqish oʻygʻonganligi sababli haydab koʻrishgani, avtomashinada sayr qilib, soʻng joyiga olib kelib qoʻyishmoqchi boʻlishgani, biroq avtomashina choʻl xududida oʻchib qolganligi sababli uni oʻsha yerda qoldirishga majbur boʻlishgani, boshqa niyatlari boʻlmagani, bugungi kunda qilmishidan pushaymonligi, jabrlanuvchiga avtomashinadagi nosozliklarni ota-onalari tomonidan taʼmirlab, yetkazilgan zarar qoplanganini maʼlum qilib, qonuniy yengillik berishni soʻradi.
Sud tergovida davlat ayblovini qoʻllab quvvatlovchi prokuror sudlanuvchilarga JK 57-moddasini qoʻllab, qonunda nazarda tutilgan jazodan ham yengilroq 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlashni soʻradi.
Albatta bu ham sudlanuvchilarga nisbatan qonuniy yengillik, axir qonunda nazarda tutilgan jazodan ham yengilroq jazo tayinlash soʻralmoqda. Ayb uchun javobgarlik prinsipi esa muqarrar.
Sudlanuvchilarning himoyachilari esa sudga sudlanuvchilarning aybiga iqrorligini, qilmishidan chin koʻngildan pushaymonligini, yoshligini, endigina voyaga yetganligini, muqaddam sudlanmaganligini, bazi birlari yolgʻiz onaning farzandi ekanligini, bazilarining oilasida nogiron ota-onasi borligini, “Tiko” avtomashinasi 1998-yilda ishlab chiqarilgan boʻlib, eski ekanligini, jinoyat natijasida jiddiy oqibat yuz bermaganligini, jabrlanuvchining daʼvosi yoʻqligini, shuningdek, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Viloyat kengashi apparatining sudlanuvchilarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlash toʻgʻrisidagi iltimosnomasi va kafolat xati, Oʻzbekiston Qozoq milliy-madaniy markazi Navoiy viloyat xududiy boʻlinmasining sudlanuvchilarga nisbatan kechirim berib, ularga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlash toʻgʻrisidagi iltimosnomalarini inobatga olib, ularga ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlashni soʻradi.
Sudda taraflarning tortishuvi qanchalik kuchli boʻlsa, adolatga yetish yoʻli shunchalik qisqaradi.
Eski “Tiko” avtomashinasining bir joydan ikkinchi joyga ruxsatsiz boshqarib borilgani uchun 3 nafar oʻspirin yigit qamalishi kerakmi? Vijdon tarozisi!...
Sud sudlanuvchilarning har biriga ayblanayotgan moddaga asosan
JK 57-moddasi qoʻllab, sutkaning 20-00 dan 07-00 ga qadar boʻlgan vaqtida yashash joyidan chiqishni cheklagan xolda 5yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlab, darxol sud zalidan ozod qilish toʻgʻrisida hukm qildi.
Hukmni tushuntirgandan soʻng sud zalidan chiqib ketar ekanman, oʻspirin yigitlarning quvonchli ovozda bir-birlarini tabriklashi,
ota-onalarining sevinchdan yigʻi ovozlari va qarsak tovushlarini eshitdim. Shu onda qalbimdan oʻtgan fikrdan mamnuniyatga toʻldim.
Sud – odamlarning ishonchi, hammamizning ishonchimizdir!
Dilnoza Xonboʻtayeva Jinoyat ishlari boʻyicha Zarafshon shahar sudining raisi

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)