Navoiyda IIB xodimining avtomashinasini olib qochmoqchi boʻlgan muqaddam sudlangan shaxs qoʻlga olindi

Uzoq Komilov hech qayerda ishlamaydi, oldin Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinganiga qaramay, yana jinoyaga qoʻl uradi. U 2020-yil 29-noyabrda JIEKdan ozodlikka chiqarilgan edi.
Navoiy shahar I.Karimov koʻchasida toʻxtab turgan avtomashinaning eshigini kalit tanlash yoʻli bilan ochayotgan vaqtida, ushbu holatni koʻrib qolib qarshilik qilgan inspektorning yuz qismiga bir necha marotaba urib, hodisa joyidan qochib ketmoqchi boʻlganida avtomashina egasi tomonidan ushlab qolingan.
Mazkur holat yuzasidan Uzoq Komilovga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:

Koʻcha bezorilari ayollarni bir necha bor kaltakladi

Qoʻlga kiritgan pullarni oʻz manfaati yoʻlida sarflab yuborgan

Qidiruvga eʼlon qilingan shaxslar qoʻlga olindi

TUNDAGI O‘G‘RILIK

Hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatganlik uchun javobgarlik bor

Buxoroda homilador ayol hali tug‘ilmagan bolasini 50 million so‘mga sotishga urindi
Izohlar (0)