Kameral soliq tekshiruvidagi nizolar
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng koʻlamli islohatlarning natijasida Oʻzbekiston Respublikasida davlat budjetiga salmoqli hissa qoʻshuvchi soliq sohasida ham sezilarli oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahriri qabul qilinib, 2020-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritildi.
Ma’muriy sudlar faoliyatida kameral soliq tekshiruvi natijasida qabul qilingan qarorlar va soliq organi xodimlarining xatti-harakatlari bilan bogʻliq nizolar koʻpaygan.
Xususan, 2021 yil davomida Navoiy tumanlararo ma’muriy sudi tomonidan 44 ta ma’muriy ishlarning 32 tasi soliq organlari qarorlarini haqiqiy emas deb topish yuzasidan boʻlsa, 12 tasi soliq organlari mansabdor shaxslarining hatti-harakatlarini gʻayriqonuniy deb topish yuzasidan berilgan.Mazkur ma’muriy ishlardan 28 tasida ariza talablari qanoatlantirilib, qarorlar haqiqiy emas, xatti-harakatlar gʻayriqonuniy deb topilgan. Amaliyotdan kelib chiqib xulosa qilishimiz mumkinki, ularning aksariyatida kameral soliq tekshiruvi bilan bogʻliq nizolar boʻlganligi sababli aynan kameral soliq tekshiruviga oid qonunchilik asoslariga toʻxtalsak.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 137-moddasi soliq tekshiruvlarini tartibga soluvchi normalarni oʻz ichiga olib, uchta turga: kameral soliq teshiruvi, sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditiga boʻlinadi. 138-moddasi esa aynan kameral soliq tekshiruviga atalgan.Unga koʻra, kameral soliq tekshiruvi soliq toʻlovchi (soliq agenti) tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotini, moliyaviy hisobotni, shuningdek soliq toʻlovchining faoliyati toʻgʻrisida soliq organida mavjud boʻlgan boshqa hujjatlar hamda ma’lumotlarni tahlil qilish asosida soliq organi tomonidan oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-741-sonli Qonuni bilan Soliq kodeksining aynan 138-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilib, soliq organlari kameral soliq tekshiruvi oʻtkazilishi boshlanguniga qadar tekshiruvdan oldingi tahlilni oʻtkazishi mumkinligi belgilandi. Oʻz oʻrnida savol tugʻiladi, tekshiruvdan oldingi tahlilning oʻzi nima?
Tekshiruvdan oldingi tahlil — taqdim etilgan soliq hisobotini va soliq toʻlovchining faoliyati toʻgʻrisidagi boshqa axborotni soliq organlari tomonidan axborot tizimlaridan foydalangan holda, soliq toʻlovchining ishtirokisiz oʻtkaziladigan avtomatlashtirilgan tahlildir.Agar tekshiruvdan oldingi tahlil chogʻida soliq organi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotida soliq organida mavjud boʻlgan ma’lumotlar bilan tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlansa, soliq toʻlovchiga soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali soliq hisobotiga tegishli tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi xabarnoma yuboriladi.Soliq toʻlovchi tegishli tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi xabarnoma olingan kundan e’tiboran oʻn kunlik muddatda aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shart. Bunday majburiyatning bajarilmaganligi soliq organi tomonidan soliq toʻlovchida kameral soliq tekshiruvini tayinlash uchun asos boʻladi.
Bir soʻz bilan aytganda, mazkur tahlil kameral soliq tekshiruvidan oldingi holat boʻlib, soliq toʻlovchiga hisobotdagi tafovutlarni yana bir bor aniqlashtirish, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qonun buzilish holatlarini oldini olishga qaratilgan faoliyat hisoblanadi.
Zero, tadbirkorlik sub’yektlari va soliq organlari oʻrtasida kelib chiqayotgan nizolarning asosini ham aynan shu hisobotlardagi tafovutlarni oʻzgartirish bilan bogʻliq harakatlar natijasida kelib chiqayotganligi muhokamamizga sabab boʻloqda.
Nigora Kenjayeva Navoiy tumanlararo maʼmuriy sudi sudyasi

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)