Korrupsiya 100 foizga koʻpaygan?!
Navoiy viloyat sudi tomonidan oʻtkazilgan brifingga sharh
Respublikamizda sud-huquq tizimini isloh qilish natijasida fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini taʼminlash hamda odil sudlovga erishish darajasi oshmoqda.
Odil sudlov. Bu insonlarning yashash, mehnat qilish huquqlariga, davlatimizning iqtisodiy va siyosiy rivojlanishiga daxl yetganda adolatli qaror chiqarish orqali jamiyatda huquqiy tartibni yoʻlga qoʻyuvchi hokimiyat.
Navoiy viloyati Sudining 2021-yil 9-iyulda oʻtkazgan brifingda berilgan maʼlumotlarni koʻzdan kechirar ekanmiz, jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati hamda jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlari tomonidan 662 nafar shaxsga nisbatan 506 ta jinoyat ishi tamomlangan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan jinoyat ishlari 81 taga yoki 19 foizga, shaxslar 131 nafarga yoki 24,6 foizga koʻpaygan.
Jinoiy ishlarning oshib borishi joriy etilgan qonunchilikni yoki boshqa tartib-qoidani mensimaslik oqibatida kelib chiqishi aniq. Bu koʻrsatkich oʻzgalar hayotiga daxl qilish, oʻgʻrilik, firibgarlik va boshqa turdagi gʻayriqonuniy ishlar viloyatda yildan yilga ortib bormoqda.
Aytish joizki, bunday jinoyatlarga barham beruvchi mexanizm kuchsiz yoki samarasiz, yoki yetarlicha kuch sarflanmayapti.
Joriy yarim yilda 457 nafar shaxs sudlangan boʻlib, ularning 40 nafari yoki 8,7 foizi jarima, 5 nafari yoki 1,0 foizi majburiy jamoat ishlari, 143 nafari yoki 31,2 foiziga axloq tuzatish ishlari, 153 nafari yoki 33,4 foizi ozodlikni cheklash, 116 nafari yoki 25,3 foiziga ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlangan. Bu davrda 44 nafar ayolga nisbatan 50 ta jinoyat ishi ochilgan. 202 nafar yosh tomonidan sodir etilgan jinoyat ishi sudlar tomonidan mazmunan koʻrib chiqilib, hal etilgan. Shundan 7 nafarini voyaga yetmaganlar tashkil etadi. Bu koʻrsatkichlardan koʻrinib turibdiki, har bir tuman yoki shaharda yarim yil davomida 70 ga yaqin jinoyat sodir boʻlgan.
Brifingda qasddan badanga shkast yetkazish 61,5 foizga, haqorat qilish jinoyati 4 baravarga, firibgarlik 36, 8 foizga, pora olish jinoyati 100 foizga, Oʻzbekiston Respublikasiga kirish yoki chiqish qoidalarini buzish jinoyatlari 5 baravarga oshganligiga eʼtibor qaratildi va uning kelib chiqish sabablariga atroflicha toʻxtalib oʻtildi.
Eng ajablanarlisi pora olish jinoyati 100 foizga oshganligi. Vaholanki, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi keskin kurash olib borilmoqda. Har bir sohada bu illat urchib borayotganligi, bu holat yuz berayotgan sohada rivojlanish sustligi yoki eʼtiborsizlik hukmronligi aniq.
Bu raqamni koʻrgan har bir inson oʻylanib qoladi. Bu illatga qarshi kurashda biror tizim harakat qilmayaptimi, yoki qogʻozda boshqa amalda boshqami, degan fikrga
boradi. Yoki holat oʻz holiga tashlab qoʻyilgan. Ommaviy axborot vositalarida bong urib maqtanayotgan raqamlar yolgʻonmi? Nahotki qoʻlimizdan kelgani shu boʻldi?
Viloyat maʼmuriy sudining xabar berishicha, mansabdor shaxslarning qarorlarini haqiqiy emas deb topish bilan bogʻliq 70 ta ishlar, ularning harakat-harakatsizligini qonunga xilof deb topish bilan bogʻliq 374 ta ish koʻrib chiqilgan. Kichkina raqam emas. Bu rahbarlarni huquqiy bilim saviyasi boʻlmasa, qanday qilib bu lovozimga kelib qoldiykan? Yoʻq, biladi, davr kelganda davron surib qolishni oʻz oldiga maqsad qilib olgan rahbarlar na davlat qonunini, na insoniylik qonunini nazarga olishadi. Hatto tashkilotga 10 ta yurist ishga olinsa-da, bu mansabdor shaxslar oʻz “qonunini” oʻtkazishga astoydil “bel bogʻlaydi”.
Tarqqiyotimizga raxna solayotgan “koʻpaygan” raqamlarning oxiri yoʻq. Soliq qonunchiligini qoʻllash bilan bogʻliq nizolar 93 taga koʻpaygan. Bizda soliq qonunchiligi mukammal emasmi yoki xodimlar qonunni mukammal bilishmaydimi?
Umumlashtirib aytadigan boʻlsak, sudlar tomonidan koʻrilgan ishlar soni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 3630 taga yoki 48 foizga koʻpaygan. Bu borada fuqarolik ishlari boʻyicha Karmana, Navbahor, Zarafshon, Uchquduq, Xatirchi tumanlari peshqadam.
Sud maʼlumotlarini olib qaraydigan boʻlsak, har qalay kamayganlari ham bor ekan. Viloyat miqyosida sudlar tomonidan koʻrilgan ishlardan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar 55,8 foiz, qasddan odam oʻldirish jinoyati 4 baravarga, qiynash jinoyati 100 foizga, odam savdosi ham 100 foizga kamaygan.
Albatta, har bir jinoyat ortida inson taqdiri mujassam. Uni muhofaza qilish avvalo har bir shaxsning oʻziga soʻng huquqni muhofaza qilish organlarining faol harakatiga bogʻliq.
Bugun mamlakatimizda yangi huquqiy demokratik davlat barpo etish borasida keng koʻlamli ishlar borayotgan ekan, sud-huquq organlari adolat tarozusini mahkam ushlashlari, huquq-tartibot idoralari xodimlari mahallalarda, oilalarda, yoshlar orasida turib qonun-qoidalar talablariga qatʼiy rioya qilgan holda ish yuritishlari, odamlarning huquqiy bilimlarini oshirishga madadkor boʻlishlari darkor. Shundagina “koʻpaygan”lar qisqarib, “kamaygan”larga yoʻl beradi.
Feruza Qodirova

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)