Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash
24-fevral kuni budjetga to‘lanadigan soliq summalarini kamaytirish va QQS summalarini noqonuniy hisobga olish muammosiga duch kelgan tadbirkorlar guruhi bilan Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev uchrashdi, deb xabar beradi teznews.uz
Ta‘kidlanishicha, mamlakatda “yashirin iqtisodiyot”ga qarshi kurash boshlangan va “shubhali” korxonalar faoliyati faollashtirilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, 1-fevral holatida QQS bo‘yicha hisobga olingan summa 9,2 trillion so‘mga yetgan, lekin bu davlatga shuncha mablag‘ to‘langanini anglatmaydi.
“9,2 trillion so‘m yolg‘on yo‘li bilan to‘lanmagani natijasida… Mayli, bu qandaydir qismi bo‘lishi mumkin — 1 trillion so‘m, 2 trillion so‘m yoki boshqa mablag‘. Hozirda buni yaxshilab o‘rganamiz”, — deydi Sherzod Kudbiyev.
Qayd etilishicha, “bir kunlik firmalar” umri sezilarli darajada qisqargan — endilikda ular 300-400 million so‘mlik “fiktiv” bitimlarni amalga oshirganidan so‘ng, yopilmoqda. Ayrim firmalar “davlatdan emas, balki zanjirdagi har bir tadbirkordan o‘g‘irlab” 300 milliard so‘mlik hisob-fakturalarni rasmiylashtirmoqda.
“Biz mana shuncha qaytaramiz. Kecha bitta firma 300 milliard so‘mlik hisob-fakturani rasmiylashtirdi. Kimni aldayapmiz? Endi men ushbu firma bo‘yicha kameral tekshiruv o‘tkazishim kerakmi? O‘zbekistonda nimaning narxi shuncha bo‘lishi mumkin? Bu 30 million dollarku. Suv ombori? Samolyot? Bilmayman. Uch kun oldin paydo bo‘lgan firma bu kabi bitimlarni amalga oshira olmaydi. Kelinglar, bir-birimizni aldamaylik”, — deydi DSQ raisi.
“Naqdlashtiruvchilar — xususiy tadbirkorning birinchi va yagona dushmani. Ular davlat va jamiyatni aldamoqda. Ular mana shu 5 foiz ortidan boyib qoladi deb o‘ylaysizmi. Kechirasiz, ular koronavirusdan ham xavfli. Zanjirda bitta naqdlashtiruvchi aniqlansa, bu barchaga ta’sir ko‘rsatadi”, — deyiladi xabarda.
Bu kabi noqonuniy harakatlar amalga oshirilgani bo‘yicha yig‘ilgan barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborilgan.
Shuningdek, DSQ 10 mingga yaqin korxona “shubhali” soliq to‘lovchilar bilan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirgan va 1 trillion so‘m miqdoridagi qo‘shilgan qiymat solig‘i summasini hisobga olgan holda budjetga to‘lamaganini aniqlagan.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
OʻZBEKISTON VAKSINA SOTIB OLISH UCHUN QANCHA SARFLASHI MAʼLUM BOʻLDI
Aholiga yanada qulay shart-sharoit yaratish maqsadida normativlarga oʻzgarishlar kiritildi
SOLIQ IMTIYOZLARI FAROVONLIK UCHUN XIZMAT QILADI
QARZDORLIK UNDIRIB BERILADI
Samarqand va Navoiyda koronavirusga qarshi maxsus ochilgan markazlar nima sababdan yopildi?
Buxoro amirining xazinasi
Izohlar (0)