Biznes ombdusman vakolatlari kengaytirilmoqda
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonuni 3-moddasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil mansabdor shaxs boʻlib, u tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini, mazkur huquqlar va qonuniy manfaatlarga davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar tomonidan rioya etilishini ta’minlaydi.
Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish, davlatning nazorat qiluvchi organlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarini nazorat qilishda hamda ularni faoliyatini tekshirish jarayonida qonunlarga rioya etilishini ta’minlash va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqiy kafolatlarini mustahkamlashda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (bundan buyon matnda Biznes-ombudsman deb yuritiladi)ning roli va ahamiyati katta hisoblanadi. Shu sababdan keyingi vaqtlarda Biznes-ombudsmanning tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan bogʻliq vakolatlari kengaytirilib borilmoqda.Jumladan,Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-yanvardagi qonuniga asosan amaldagi Iqtisodiy protsessual kodeksi, Fuqarolik protsessual kodeksi hamda Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodekslarga tegishli oʻzgartirishlar kiritilib, Biznes-ombudsmanga ishda ishtirokidan qat’iy nazar tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida sud hujjatlari ustidan apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari berish vakolati berilgan edi.
Joriy yil 11-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 245 va 2458- moddalariga oʻzgartirish kiritish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga koʻra Biznes-ombudsman vakolatlari yanada kengaytirildi. Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining eski tahrirdagi 2458- moddasida faqatgina mazkur Kodeksning 1973-, 2411-24110-moddalarida belgilangan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda Biznes-ombudsmanga va uni devoni xodimlariga ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzib belgilangan tartibda uni koʻrib chiqish uchun sudga yuborish vakolati berilgan boʻlsa, kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra Kodeksning 2458- moddasi yangi tahrirda bayon etilib, unga koʻra Biznes-ombudsmanga Kodeksning 43-moddasida belgilangan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish holatlarida tadbirkorlik sub’yektlarining murojaatlari qismi boʻyicha, 2002-moddasida belgilangan yer uchastkasini noqonuniy olib qoʻyish bilan bogʻliq huquqbuzarliklarda tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari buzilish qismi boʻyicha, 2411 moddasida belgilangannazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan xususiy mulkdorlarning huquqlarini buzish yoʻli bilan ularga zarar yetkazish, ya’ni mulk huquqini qonunga xilof ravishda cheklash va (yoki) undan mahrum qilish, xususiy mulkka tajovuz qilish, nomaqbulligi oldindan ayon boʻlgan shartlarni mulkdorga majburan qabul qildirish, shu jumladan mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni topshirishni asossiz ravishda talab qilish, shuningdek mulkdorning mulkini olib qoʻyish yoxud uni oʻz mol-mulkiga boʻlgan huquqidan voz kechishga majburlash bilan bogʻliq huquqbuzarliklar uchun, 2412 moddasida belgilangan tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini tekshirishning va moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish qilishning belgilangan tartibini buzish, xuddi shuningdek tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatini qonunga xilof ravishda tekshirish tashabbusi bilan chiqish va (yoki) oʻtkazish, 2413-moddasida belgilangan tadbirkorlik sub’yektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni qonunga xilof ravishda toʻxtatib turish, 2414-moddasida belgilangan nazorat qiluvchi, huquqni muhofaza qiluvchi hamda boshqa davlat organining va davlat tashkilotining mansabdor shaxsi yoki xizmatchisi tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarini pul mablagʻlari hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ajratish bilan bogʻliq homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish, 2416-moddasida belgilangan tadbirkorlik sub’yektlariga berilgan imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllashni gʻayriqonuniy ravishda rad etish, qoʻllamaslik yoki qoʻllashga toʻsqinlik qilish, 2418-moddasida belgilangan qonunchilikda nazarda tutilmagan hollarda tadbirkorlik sub’yektlarining hisobvaraqlarida pul mablagʻlari mavjudligi toʻgʻrisidagi axborotni talab qilib olish, 24110-moddasida belgilangan tadbirkorlik sub’yektlaridan qonunchilikda nazarda tutilmagan statistika, moliya, soliq hisobotini va boshqa hisobotni, shuningdek oʻzga hujjatlarni, shu jumladan bank hisobvaragʻini ochishda ortiqcha hujjatlarni talab qilib olish, xuddi shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olish bilan bogʻliq ma’muriy huquqbazrliklar taalluqli hisoblanadi.
Kodeksga kiritilgan oʻzgartirishlarni yana bir muhim jihati shundaki, endilikda yuqorida koʻrsatib oʻtilgan ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda ma’muriy jazo qoʻllash masalasini hal qilish uchun ishni sudga yubormasdan, Biznes-ombudsmanning oʻzi tomonidan bevosita ma’muriy jazo choralari qoʻllash vakolati berildi.Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (Biznes-ombudsman) nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga hamda jarima tarzidagi ma’muriy jazolarni qoʻllashga uning oʻrinbosarlari va vakil devoni bosh inspektorlari haqli boʻldi. Qonunchilikka mazkur mazmundagi oʻzgartirish kiritish orqali tadbirkorlik sub’yektlarining muhim tayanchi boʻlgan Biznes-ombudsman tomonidan tadbirkorlik sub’yektlarini huquq va manfaatlarini buzilish holatlari aniqlanganda qisqa muddatlarda uning huquq va manfaatlarini himoya etish va aybdorlarga tegishli jazo choralarini qoʻllash bilan birgalikda, sudlarda koʻrilayotgan ma’muriy ishlarning ham hajmini kamayishiga sabab boʻladi.
Turgʻun QAHHOROV Navoiy viloyat sudining sudyasi

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Firibgar sotuvchilarning kirdikorlari fosh boʻldi
Tadbirkordan pora talab qilgan mutaxassis ushlandi
Yer maydonlari olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi
Sudlar faoliyatini raqamlashtirish – davr talabi
Tadbirkordan 19 000 AQSH dollari talab qilishdi
Yangi yildan davlat organlari tomonidan qaysi hujjatlarni talab qilish bekor qilindi
Izohlar (0)