Tadbirkordan 19 000 AQSH dollari talab qilishdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DBQning Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “C.L.” xususiy korxonasi rahbari T.M. va boshqalar “S.L.” korxonasining tamaki mahsulotlarini oʻzlarining korxonasi nomidan Oʻzbekiston hududi orqali tranzit qilib yuborish evaziga korxona vakili V.dan 19 000 AQSH dollari talab qilib, aks holda yuklarni Oʻzbekiston hududidan ortga qaytarib yuborish va shu orqali mulkka zarar yetkazish bilan qoʻrqitib, talab qilingan 19 000 AQSH dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovga tegishliligi boʻyicha yuborilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovga tegishliligi boʻyicha yuborilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)