Sudlar faoliyatini raqamlashtirish – davr talabi
Soʻnggi yillarda sudlar faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish borasida amalga oshirilgan ishlar odil sudlovga erishish samaradorligini oshirish, sudlar faoliyatida ochiqlik shaffoflikni taʼminlash imkonini berdi.
Hozirgi kunda sudlarga masofadan turib murojaat qilish, sud majlislarida videokonferensaloqa tizimidan foydalanib ishtirok etish, sudyalar oʻrtasida ishlarni avtomatik taqsimlash, sud qarorlarini internet tarmogʻida eʼlon qilish, ijro hujjatlarini majburiy ijro byurosining hududiy boʻlimlariga elektron shaklda yuborish tizimlari joriy qilingan, sudlarning elektron axborot tizimi “Oʻzbekiston pochtasi” AJning tizimi bilan integratsiyalashtirilib, “gibrid pochta” xizmati yoʻlga qoʻyilgan.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-sentyabrdagi “Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4818-sonli qarori va 2020-2023-yillarda sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish Dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan sudlar, shuningdek, tumanlararo, tuman va shahar sudlari faoliyatiga joriy etish uchun ishlab chiqilgan “ADOLAT”axborot tizimlari kompleksi joriy etilmoqda.
Oliy sudning mavjud axborot tizimlari negizida, zamonaviy texnologiyalarni hisobga olgan holda yangi dasturiy taʼminot asosida yagona platforma yaratilgan.
Sudlov ishini yuritish jarayonlarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda raqamlashtirish orqali mehnat samaradorligini navbatdagi bosqichga koʻtarish, shuningdek elektron hujjatlar aylanish tizimini takomillashtirish hisobiga qogʻoz va boshqa kanselyariya tovarlari sarfini yanada qisqartirish maqsadida 2022-yil 1-yanvardan boshlab davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, xoʻjalik boshqaruv organlari, advokatlar tomonidan sudlarga daʼvo ariza, ariza va shikoyatlarni faqat elektron shaklda taqdim etishtartibi joriy qilindi.
“ADOLAT”axborot tizimlari kompleksi 2022-yilning 1-yanvaridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sud maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlararo maʼmuriy sudlar faoliyatiga joriy etilishi belgilandi.
Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etilishi fuqarolar va yuridik shaxslarga oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishni erkinlashtirish, odil sudlovga erishishni oshirish hamda sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlashga xizmat qiladi.
Navoiy tumanlararo maʼmuriy sudi raisi Gʻalim Abduxoliqov

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
“E-maʻmuriy ish” tizimi orqali amalga oshiriladi
Yangi yildan “bir sud – bir instansiya” tamoyiliga amal qilinadi
Toshkentda suv hisoblashning yangi tizimi joriy etiladi
Rossiyalik ish beruvchilar bilan muzokaralar oʻtkazildi
Rossiya tibbiyot universitetining Toshkent filiali ochilmoqda
O‘zbekiston Prezidentining farmoyishi e’lon qilindi
Izohlar (0)