Prezident qarori bilan maʼmuriy sudlarda ish yuritishning yangi printsipi va maʼmuriy sudlar tomonidan hal etiladigan yangi toifadagi ishlar belgilandi
2022 yil 29 yanvar kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlari huquqlarining samarali himoya etilishini taʼminlash hamda aholining sudlarga boʼlgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-107-sonli qarori qabul qilindi.
Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʼgʼrisidagi kodeksining 2-moddasida maʼmuriy sud ishlarini yuritishning umumiy vazifalari belgilab oʼtilgan boʼlsa-da, Prezident qarorida maʼmuriy sudlarning birinchi navbatdagi vazifasi - fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlarining davlat organlari bilan munosabatlarida qonun ustivorligini taʼminlash bilan bir qatorda ular huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish hisoblanishi maʼlumot uchun qabul qilinganligi belgilab oʼtildi.
Qarorning 2-bandida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudiga Sudyalar oliy kengashi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda davlat organlari qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni koʼrib chiqishda maʼmuriy sudlarning rolini kuchaytirish, ularni fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlarining haqiqiy himoyachisiga aylantirishga qaratilgan bir qancha tartiblarni protsessual qonun hujjatlarida belgilanishini taʼminlash vazifasi yuklatildi.
Jumladan, maʼmuriy sud ishlarini yuritishni “sudning faol ishtiroki” tamoyili asosida amalga oshirish, bunda maʼmuriy sudlarga ishning haqiqiy holatlarini aniqlash uchun oʼz tashabbusi bilan dalillarni yigʼish majburiyatini yuklash, huquqi buzilgan fuqaro yoki tadbirkorlik subʼektiga esa dalillarni yigʼishda faqat oʼz imkoniyati doirasida ishtirok etishga sharoit yaratish lozimligi belgilangan. Prezidentimiz tomonidan belgilab berilayotgan ushbu tamoyil Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʼgʼrisidagi kodeksining 2-bobida mavjud boʼlgan maʼmuriy sud ishlarini yuritishning 9 ta printsiplariga qoʼshimcha ravishda yana 1 ta printsipni kiritish uchun asos boʼlib xizmat qiladi.
Prezident qarorida belgilangan yana bir muhim vazifalardan biri bu - huquqi buzilgan fuqaro yoki tadbirkorlik subʼektiga ommaviy-huquqiy munosabatdan kelib chiqadigan nizo bilan birga unga sababiy bogʼlanishda boʼlgan zararni undirish talabini ham maʼmuriy sudga bildirish huquqini taqdim etish hamda bunday talablarni koʼrib chiqishni maʼmuriy sudlar vakolatiga oʼtkazishdir.
Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʼgʼrisidagi kodeksining 27-moddasida maʼmuriy sudlar tomonidan hal etiladigan ishlar toifasi sanab oʼtilgan boʼlib, unda maʼmuriy sudlar huquqi buzilgan fuqaro yoki tadbirkorlik subʼektiningommaviy-huquqiy munosabatdan kelib chiqadigan nizo bilan birga unga sababiy bogʼlanishda boʼlgan zararni undirish haqidagi talabini ham koʼrishi mumkinligi nazarda tutilmagan. Аmaldagi tartib boʼyicha, ommaviy-huquqiy nizo maʼmuriy sudga koʼrilgandan soʼng, huquqi buzilgan shaxs maʼmuriy sudning qarorini asos qilib fuqarolik ishlari boʼyicha yoki iqtisodiy sudga zararni undirish haqidagi daʼvo talabi bilan murojaat qilib kelmoqda. Prezident qarorida koʼrsatilayotgan talab boʼyicha maʼmuriy sudlar ommaviy-huquqiy munosabatdan kelib chiqadigan nizo bilan birga unga sababiy bogʼlanishda boʼlgan zararni undirish haqidagi talabni ham koʼradigan boʼlsa, huquqi buzilgan shaxsning ortiqcha vaqt sarflab, turli xil sudlarda sarson boʼlishining oldi olinadi.
Hech kimga sir emaski, sud qarorlarining soʼzsiz ijro etilishi adolat va qonun ustivorligini taʼminlashning muhim mezonlaridan biri hisoblanadi. Tokim sud qarorlarining ijrosi soʼzsiz taʼminlanmas ekan, ularning hech qanday kuchi boʼlmaydi hamda fuqarolarning odil sudlov va qonun ustivorligiga boʼlgan ishonchi yoʼqoladi.
Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʼgʼrisidagi kodeksi 189-moddasining beshinchi qismida qaror haqiqiy emas, harakatlar (harakatsizlik) qonunga xilof deb topilgan taqdirda sud tegishli organning yoki mansabdor shaxsning zimmasiga yoʼl qoʼyilgan buzilishlarni bartaraf etish va hal qiluv qarorining ijrosi toʼgʼrisida sudga va arizachiga, agar sud tomonidan boshqacha muddat belgilanmagan boʼlsa, sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kundan eʼtiboran bir oy ichida xabar qilish majburiyatini yuklashi koʼrsatilgan boʼlsa-da, qonunda bunday turdagi sud qarorlarini ijro etish mexanizmi va sud qarorini ijro etmagan mansabdor shaxsga nisbatan taʼsir chorasi mavjud boʼlmaganligi sababli, amaliyotda mansabdor shaxslar tomonidan maʼmuriy sudlarning qarorlari har doim ham ijro etilmaganligini koʼrishimiz mumkin edi.
Endilikda Prezident qarori bilan jamiyatda maʼmuriy sudlarga boʼlgan ishonchni yanada oshirish maqsadida davlat organlari tomonidan sud qarorlari ijro etilishi ustidan nazoratning taʼsirchan mexanizmlari joriy etilmoqda. Unga koʼra:
davlat organlari yoki tashkilotlari ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ish boʼyicha hal qiluv qarorini u qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir oy davomida ijro qilish hamda bu haqda maʼmuriy sudga xabar berish;
davlat organlari yoki tashkilotlari tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ish boʼyicha sud hujjati ijro qilinmaganligi uchun davlat organlari yoki tashkilotlarining mansabdor shaxslariga nisbatan sud jarimasini qoʼllash;
davlat organlari yoki tashkilotlari tomonidan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ish boʼyicha hal qiluv qarorining takroran ijro qilinmaganligi uchun davlat organlari yoki tashkilotlarining mansabdor shaxslariga nisbatan dastlab qoʼllanilgan sud jarimasini oshirilgan miqdorda qoʼllash tartibi qonunlarga kiritilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual hamda Iqtisodiy protsessual kodeksida ushbu sud ishtirokchilari uchun yarashuv instituti mavjud boʼlsada, bunday institut Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʼgʼrisidagi kodeksida birinchi hamda apellyatsiya instantsiyalarida mavjud emas. Bu esa, qandaydir maʼnoda maʼmuriy sud ishtirokchilarining yarashuv institutiga nisbatan boʼlgan huquqlarini cheklamoqda.
Prezident qarorida ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar boʼyicha taraflar oʼrtasida yarashuvga erishish mexanizmlarini joriy qilish belgilangan boʼlib, bu bilan kelgusida maʼmuriy sud ishtirokchilarining qonunda belgilangan huquqlarining yana bittaga oshishi bilan birga, nizolarni tinch yoʼl bilan hal qilishga ham erishiladi.
Hech kimga sir emaski, hamma ham yuridik qonunlarni mukammal oʼzlashtira olmaydi va uning talabi aynan qaysi sudga taalluqli boʼlganligini yaxshi bilmaydi. Аmaldagi protsessual kodekslarning talablariga koʼra, ish tegishli sudga taalluqli boʼlmasa, sud arizani ish yuritishga qabul qilishni rad qiladi. Statistik maʼlumotlar tahlil qilinganda, oʼtgan yillar davomida minglab arizalar maʼmuriy, fuqarolik yoki iqtisodiy sudlar tomonidan ish shu sudlarga taalluqli boʼlmaganligi sababli ish yuritishga qabul qilishdan rad qilingan. Buning natijasida, fuqarolar u suddan, bu sudga yurib sarson boʼlib kelganlar.
Аynan shu holatlarga chek qoʼyish maqsadida ham Prezident qarori bilan Oliy sud va Sudyalar oliy kengashining sudlar tomonidan daʼvo arizasi, ariza hamda shikoyatni sudga taalluqli boʼlmaganligi sababli qabul qilishni rad etish yoki ish boʼyicha ish yuritishni tugatishni taqiqlash, bunda daʼvo arizasi, ariza, shikoyat yoki ishni ularni koʼrib chiqishga vakolatli sudga oʼtkazish haqidagi taklifi maʼqullanmoqda.
Bundan tashqari, maʼmuriy sudda ish yuritish tartibi fuqarolik ishlari boʼyicha sudda ish yuritish tartibidan farq qilishi sababli, Prezident qarori bilan bir sud ishi doirasida baʼzilari maʼmuriy sudga, boshqalari esa fuqarolik ishlari boʼyicha sudga taalluqli boʼlgan bir nechta talabni birlashtirish taqiqlanmoqda.
Prezident qarori bilan sud sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga eʼtibor qaratadigan boʼlsak, bu islohotlar avvalambor fuqarolar va tadbirkorlarning huquqlari va qonun bilan qoʼriqlanadigan manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilganligini koʼrishimiz mumkin boʼladi.
Аkmal Murodov
Navoiy viloyat maʼmuriy sudi raisi

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Sudlar faoliyatini raqamlashtirish – davr talabi
“E-maʻmuriy ish” tizimi orqali amalga oshiriladi
Biznes ombdusman vakolatlari kengaytirilmoqda
Yangi yildan davlat organlari tomonidan qaysi hujjatlarni talab qilish bekor qilindi
Bugun – Navoiy viloyati tashkil etilgan kun
Tizimdagi tarixiy hodisalar
Izohlar (0)