“E-maʻmuriy ish” tizimi orqali amalga oshiriladi
Ayni shu maqsadda yaratilgan “Ye-maʻmuriy ish” yagona axborot tizimi maʼmuriy huquqbuzarliklarni elektron tarzda qayd etuvchi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar oʻrtasidagi oʻzaro hujjatlar almashinuvini masofadan turib amalga oshirish imkonini beruvchi tizimdir.
“Maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishning elektron tizimini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (431-son, 08.06.2021-y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qaror bilan Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida yagona elektron ish yurituv tizimi (“E-maʻmuriy ish” tizimi) orqali maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlarni yuritish tartibi boʻyicha nizom tasdiqlandi.
Unga koʻra, maʼmuriy javobgarlikka tortilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni vakolatli organlar tomonidan tekshirish, zarur maʼlumotlarni olish hamda ulardan foydalanish “E-maʻmuriy ish” tizimi orqali amalga oshiriladi.
Ichki ishlar vazirligi “E-maʻmuriy ish” tizimini tashkil etish, uning sifatli va uzluksiz faoliyat koʻrsatishini taʼminlash boʻyicha masʼul organ etib belgilandi.
Qarorga koʻra, maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarga hamda protsessning boshqa ishtirokchilariga (jabrlanuvchi, guvoh, xolislar va boshqa ishtirokchilarga) ishni koʻrib chiqish vaqti va joyi haqida elektron xabarnoma yuborish mexanizmi ishlab chiqiladi.
2021-yil 1-sentyabrgacha sud qarori bilan yoki boshqa sabablarga koʻra bekor qilingan maʼmuriy jarimalarni yoki kamaytirilgan jarimaning farqi summasini avtomatlashtirilgan tarzda fuqarolarga qaytarish mexanizmi yaratiladi.
Nizomga koʻra, quyidagilar maʼmuriy ishlarni yuritishda hisobga olish elektron hujjatlari hisoblanadi:
▪️ maʼmuriy bayonnoma;
▪️ maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror.
Maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror “E-maʻmuriy ish” tizimi orqali elektron hujjat shaklida chiqariladi hamda ijro etish uchun huquqbuzarga yetkazib beriladi.
Huquqbuzar unga maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 70 foizini ixtiyoriy ravishda toʻlagan taqdirda, jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod etiladi.
Shuningdek, avtomototransportlarni jarima maydonchalariga qoʻyish hamda chiqarish sud yoki vakolatli organlarning tegishli qarori asosida “E-maʻmuriy ish” tizimidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Agar maʼmuriy jazo qoʻllash toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab 3 oy davomida ijro etishga qaratilmagan boʻlsa, bunday qaror ijro etilmaydi.
Maʼmuriy ishlarni yuritishda qonunlarning ijrosi ustidan prokuror nazorati “E-maʻmuriy ish” tizimi orqali amalga oshirilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Toshkentda suv hisoblashning yangi tizimi joriy etiladi
10 ming qadam yurgan fuqarolarga pul toʻlovlari toʻlanadi
900 trln! MB banklararo toʻlov tizimi orqali amalga oshirilgan tranzaksiyalar haqida maʻlumot berdi
1-iyuldan nimalar o’zgaradi?
Ijtimoiy nafaqa yoki moddiy yordam: aholi faqat bir turini olish huquqiga ega
Yangi yildan “bir sud – bir instansiya” tamoyiliga amal qilinadi
Izohlar (0)