Turmush oʻrtogʻini oʻldirishga qasd qilgan shaxsga nisbatan sud hukmi oʻqildi
Jinoyat ishlari boʻyicha Xatirchi tuman sudi binosida oʻtkazilgan ochiq sud majlisida turmush oʻrtogʻini oʻldirishga qasd qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi koʻrib chiqildi.
“Avoqli” mahalla fuqarolar yigʻini, “Shirrak” qishlogʻida yashovchi H.Sobirov (shaxsi oʻzgartirilgan) turmush oʻrtogʻi Q.Yuldosheva (shaxsi oʻzgartirilgan)uning vafot etgan birinchi turmush oʻrtogʻi B.Hasanovadan boʻlgan farzandlariga gʻamxoʻrlik koʻrsatganligiga norozilik bildirgan. Shu sababli kelib chiqqan janjal davomida uning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi uyatli soʻzlar bilan haqorat qilgan. Q.Yuldoshevani oʻldirish maqsadida xonadon hovlisidagi goʻsht taxtasi ustida turgan oshxona chopqisini qoʻlga olib, Q.Yuldoshevaning hayoti uchun muhim a’zosi hisoblangan bosh tepa, ensa va yonoq sohalariga besh marta hamda oʻng tirsak boʻgʻin sohasiga ikki marta urib, unga oʻta shavqatsizlik bilan hayoti uchun xavfli boʻlgan ogʻir tan jarohatlari yetkazib, oʻta shavqatsizlik bilan qasddan oʻldirishga uringan.
Bu voqea voyaga yetmagan qizi S.Sunnatova va qaynonasi Sh.Qoʻldashevalarning koʻz oʻngida, ularga kuchli ruhiy iztirob berayotganligini anglagan holda sodir etilgan.
Shundan keyin, H.Sobirov jinoyatning guvohi boʻlgan voyaga yetmagan qizi S.Sunnatova ruhiy hayajonlanish holatida onasi Q.Yuldoshevani oʻlganlikda gumon qilib, dod solib yigʻlaydi. H.Sobirov qizining soʻzlarini eshitib, Q.Yuldoshevani qasddan oʻldirishdan iborat jinoiy maqsadiga erishganligiga ishonch hosil qilgach, qoʻlidagi jinoyat quroli hisoblangan oshxona chopqisini hovlidagi chuqur xandakka tashlab yuborib, hodisa sodir boʻlgan joydan yashiringan.
Q.Yuldosheva oʻz vaqtida Xatirchi tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilib, koʻrsatilgan tibbiy yordam natijasida, uning hayoti saqlab qolingan.
Respublika sud tibbiy ekspertizasi ilmiy-amaliy markazi Navoiy viloyat filialining xulosasida jabrlanuvchi Q.Yuldoshevaning tanasida bosh miya yopiq jarohati, bosh miya lat yeyishi, bosh chap chakka, oʻng chakka tepa suyaklari, oʻng yonoq suyaklari sinib siljishi, bosh chap chakka, oʻng tepa, oʻng yonoq va oʻng tirsak boʻgʻimi chopilgan yarasi kabi hayot uchun xavfli boʻlgan ogʻir tan jarohatlari aniqlanadi.
Sud H.Sobirovni sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, muqaddam sudlanmaganligini, aybiga iqrorligi, qilmishidan chin koʻngildan pushaymonligini, jabrlanuvchining da’vosi yoʻqligini, yoshini, jabrlanuvchi bir oila ekanligini, oilaviy sharoiti inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 25,97-moddasi 2-qismi “j” bandi bilan shu kodeksning 57-moddasini qoʻllab, 10 (oʻn) yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Habilulla TOʻXTAYEV,
jinoyat ishlari boʻyicha Xatirchi tuman sudi sudyasi

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)