Jizzaxda erkak xotiniga 27-marta pichoq sanchdi. Ayol tirik qoldi
Jabrlanuvchi yetkazilgan 27 ta jarohatdan soʻng ham tirik qoldi. Bu haqda Paxtakor tuman hokimligi xabar berdi.
Unga koʻra, Devid (ismi oʻzgartirilgan) oʻzi yashab kelayotgan xonadonida turmush oʻrtogʻi Dilya (ismi oʻzgartirilgan) bilan oʻzaro tortishib qolib, qasddan uning shaʼni va qadr-qimmatini tahqirlab haqorat qilgan.
Turmush oʻrtogʻi kelishmovchilik natijasida turmush oʻrtogʻi Dilya uch nafar farzandlari bilan otasini uyida yashab yurgan.
Dilya oʻziga tegishli boʻlgan kiyim-kechaklarni olib ketish uchun turmush oʻrtogʻining uyiga kelganida, Devid spirtli ichimlikdan mast holda turmush oʻrtogʻi Dilya bilan janjallashib qolib, uyning dahlizini ichkaridan qulflab olgan.
Soʻng Dilyani oʻldirish maqsadida dahlizda turgan roʻzgʻorda foydalanib kelingan oshxona pichogʻini olib, Dilyaning boʻyin, jagʻ, oʻmrov, ikkala qoʻlining kaft, barmoq sohalariga jami 27 marotaba sanchib, oʻldirmoqchi boʻlayotganida Dilyaning qarshiligi va uning egnidagi kiyimlarning qalinligi hamda pichoqning tigʻining qayrilib ketganligi, qoʻshnilar Dilyani baqirgani eshitib uyga derazasi oynasini belkurak bilan urib sindirib, deraza orqali xonaga kirib Devidni toʻxtatib qolgani natijasida Devid jinoiy harakatlarini oʻziga bogʻliq boʻlmagan holatda oxiriga yetkaza olmagan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Paxtakor tuman sudini ochiq sud majlisi Devidga nisbatan jinoyat ishini koʻrib chiqdi.
Sud sudlanuvchi, jabrlanuvchi, guvohlar koʻrsatuvi va jinoyat ishi toʻplangan chizma va fotosuratlar, sudga oid tibbiy ekspertizasining xulosalari, narsani olish toʻgʻrisida hamda narsani koʻzdan kechirish haqidagi bayonnomalar va yuzlashtirish bayonnomalari hamda ishda toʻplangan va sudda tekshirib chiqilgan boshqa obyektiv dalillar bilan toʻliq isbotlangan.
Devid Oʻzbekiston Respublikasi JKning 25-moddasi orqali 97-modda 1-qismi va 140-modda 1-qismi bilan aybli deb topilib, unga 7 (yetti) yil 1 (bir) oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtash belgilandi. Jabrlanuvchiga jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararlarni sudlanuvchidan undirish masalasida fuqarolik tartibida sudga murojaat qilish huquqi mavjudligi tushuntirildi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Oʻgʻri ayol
Bulungʻurda konservadan zaharlangan shaxs vafot etdi, yana bir bemor esa ogʻir ahvolda
Qo‘shnisining ishonchiga kirgan ayol takroran o‘g‘rilikka qo‘l urdi
10 ming qadam yurgan fuqarolarga pul toʻlovlari toʻlanadi
O‘G‘IRLIK TUFAYLI U BIR QATOR BAXTSIZLIKLARNI BOSHDAN KECHIRGAN
Maktab oʻquvchisi pichoq bilan taksi haydovchisiga hujum qildi
Izohlar (0)