Xavfli retsidivist yana jinoyatga qoʻl urdi
Xalqimizda “Koʻr hassasini bir marta yoʻqotadi” - degan gap bor. Bu gap bejizga aytilmagan. S.Raximov(ism sharifi oʻzgartirilgan) muqaddam oʻgʻrilik jinoyatini sodir etganligi sababli unga odillik va insonparvarlik tamoyili qoʻllanilib, ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan edi, keyinchalik u JKning 73-moddasiga asosan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilinib, unga bir marotaba imkon berilgan edi. Lekin u oʻziga toʻgʻri xulosa chiqarmay, tavba neligini bilmadi.
Raximov xavfli retsidivist boʻla turib, 2020-yil 16-dekabr kuni soat 1000dan 1500ga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida oʻzganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Nurota tumani, Tikonli qishlogʻining togʻli hududiga kelib, togʻ yaylovlarida M.Nizamovga tegishli boʻlgan, qarovsiz holda oʻtlab yurgan, har birini bozor bahosi 1.000.000 soʻmdan jami 12.000.000 soʻmlik 12 bosh echkilarni haydab ketish yoʻli orqali yashirin ravishda talon-toroj qilib, voqea joyidan yashiringan.
Bundan tashqari, oʻzining jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, 2021-yil 25-iyul kuni soat 2100larda oʻzganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Konimex tumani hududida qarovsiz holda oʻtlab yurgan, har birining bozor narxi 600.000 soʻmlik Ye.Serikbayevga tegishli boʻlgan, 11 bosh ona echkilarni va har birining bozor narxi 400.000 soʻmlik 11 bosh uloqlarni haydab ketish yoʻli orqali yashirin ravishda talon-toroj qilib, Ye.Serikbayevga jami boʻlib 11.000.000 soʻm miqdorida moddiy zarar yetkazib, voqea joyidan yashiringan.
Oʻrgangan koʻngil oʻrtansa qoʻymas, degan maqol bejizga aytilmaganligini xavfli retsidivistning keyingi jinoiy harakatidan ham koʻrish mumkin.
Xullas u 2021-yil 1-avgust kuni soat 1300larda Nurota tumanidagi “Choʻya” qishlogʻi hududiga kelib, I.Eshonqulovaga tegishli boʻlgan 65 bosh qoʻylarni qarovsiz qoldirilganidan foydalanib, ushbu qoʻylar orasidan ancha miqdorni tashkil qiluvchi umumiy bozor bahosi 46.500.000 soʻmlik jami 31 bosh qoʻylarni ajratib, haydab ketish yoʻli orqali yashirin ravishda talon-toroj qilingan qoʻylarni boshqa bir fuqaroga 18.500.000 soʻmga sotib, voqea joyidan yashiringan.
Mazkur jinoyat ishi jinoyat ishlari boʻyicha Nurota tuman sudi tomonidan mazmunan koʻrib chiqildi.
Sudda koʻrsatma bergan sudlanuvchi sodir etgan jinoyatiga iqrorlik bildirib, oilada yolgʻiz yashashi,spirtli ichimlikka mukkasidan ketgani bois, turmush oʻrtogʻi farzandini olib uyiga ketganini bildirdi.
Yengil-yelpi hayot kechirishi natijasida nafaqat oilasidan balki ozodlik deb atalmish ne’matdan ham mahrum boʻlgan Raximov endilikda panjara ortidagiqora kursiga oʻtirib qilgan qilmishi uchun javob berdi.
Sud hukmi bilan Raximovni jamiyatdan ajratmagan holda axloqini tuzatishning imkoni yoʻq deb topilib, unga 5-yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Shu oʻrinda, bobolarimizning “nima eksang shuni oʻrasan” degan naqli naqadar toʻgʻri ekanligi yana bir bor isbotini topadi.
Zafar Ibragimov, Jinoyat ishlari boʻyicha Nurota tuman sudi raisi

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)