Navoiyda 38 yoshli ayolga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Navoiy viloyati IIB ijtimoiy tarmoqlarda "Bu qizni hech kim qaytara olmayapti” sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, Navoiy tumanida tugʻilgan 38 yoshli Sh.D. 9-mart kuni soat 07:30 larda qizi A.R. bilan birgalikda Karmana tumani “Beshkent” mahallasida joylashgan umumiy ovqatlanish joyida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, oʻzaro janjal koʻtargan. Xususan, ayol fuqaro B.N.ni qoʻl va oyoqlari bilan urib, uning ustiga qizib turgan yogʻni sepib yuborgan. Karmana tumani STEBning xulosasiga koʻra, B.N.ga oʻng qoʻl bilak sohasi va barmoqlar uchki sohalari taxminan 2-3 foiz yuzasining I-II darajali termik kuyishi (yogʻdan) kabi jarohat yetkazilgan.
Bundan tashqari, u oʻzining jinoiy xatti-harakatlarini takroran davom ettirib, 18-mart kuni taxminan soat 17:30 larda oʻgʻli A.A. bilan birgalikda yana oʻsha joyda fuqaro B.N. bilan janjallashgan. Janjal vaqtida B.N.ni qoʻl va oyoqlari bilan tanasining turli sohalariga urib-tepib, unga tan jarohati yetkazgan.
Ta’kidlanishicha, fuqaro Sh.D. va uning voyaga yetmagan farzandlari bir guruh boʻlib sodir etgan mazkur harakatlarga tergov jarayonida huquqiy baho beriladi.
Axloq qoidalarini mensimasdan, namoyishkorona bezorilik qilgani uchun fuqaro Sh.D.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumonlanuvchi ayni paytda protsessual tartibda ushlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)