DXX raisi kubogi uchun bahslar davom etmoqda
Xabaringiz bor, joriy yilning 5-aprel sanasidan DXX raisi kubogi musobaqalarining Navoiy shahar bosqichiga start berildi.
Shundan buyon mahallalardagi 16-30 yoshdagi oʻgʻil bolalardan tarkib topgan jamoalar futbol va minifutbol boʻyicha oʻzaro bellashmoqda.
Ayni paytda qizgʻin va murosasiz kechayotgan uchrashuvlar oʻzining dramatik lahzalari bilan havaskor futbol ishqibozlarini hayratlantirmoqda.
Kuni kecha musobaqa jarayonida boʻlib oʻtgan voqea esa barcha futbo ixlosmandlari qatori, jamoalarning ham quvonchi va hayratiga sabab boʻldi.
Gap shundaki, 16-umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtayotgan navbatdagi uchrashuv chogʻida stadionga Oʻzbekiston Futbol assosatsiyasi birinchi vitse prezidenti Ravshan Ermatov kirib keldi.
Jamoalar birinchi boʻlimni yakunlaguncha kutib turgan mehmon, tanaffusdan foydalanib havaskor futbolchilar bilan koʻrishdi. Ular bilan dildan suhbat qildi, omadlar tiladi.
Ahamiyatlisi, ikkinchi boʻlimni oʻzi boshlab bergani jamoalar uchun unutilmas onlarni hadya etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)