Sarmishsoyda yoshlar forumi – 3 kun
Bugun kunning birinchi yarmida forum kun taritibiga koʻra, yoshlar bilan “Zakovat” intellektual oʻyini yakunlandi.
Mazkur oʻyinda 15 ta jamoa ishtirok etishdi.
- 2 ta raundda 24 savol oʻynaldi. 1-oʻrin “Merkuriy” jamoasi, 2-oʻrin “Perfekt”, 3-oʻrinni “14-guruh” jamoasi egalladi. Teng ball olgan jamoalar bilan qoʻshimcha oʻyin oʻtkazilib, gʻoliblar aniqlandi. Yoshlarning qiziqishlariga mos ravishda musobaqa qizgʻin boʻlib oʻtdi, - deydi “Zakovat” hakami Suxrob Fayz.
Tabiat qoʻynida oʻtkazilgan “Zakovat” intellektual oʻyini bahslarga boy boʻlib, barchani oʻziga jalb qildi. Adolatli oʻtgan oʻyinda birinchilikni olish oson boʻlmadi. “Merkuriy” jamoasi sardori “Zakovat” ishtirokchisi Rustam Ermatov shunday deydi:
- Jamoalar juda kuchli edi, respublikamiz hududlaridan kelishgan bilimdonlar har bir tashkilotning yetakchilari edi.Jamoamizni oʻzimizga boʻlgan ishonch olib chiqdi. Oʻyin haqiqatda adolatli boʻldi. Savollarning murakkabi, osoni, oʻylantiradigani ham bor. Mana shunday bilimdonlik sinovlari, ularning dunyoviy qarashlarini oʻzgartiradigan musabaqalar tez-tez oʻtkazilishini istardim.
Bugungi kun, ayniqsa “Zakovat” intellektual oʻyini yoshlarda unutilmas boʻlib qoldi.
Ctrl
Enter
Xato topdingizmi
Bizga junating Ctrl+EnterBoshqa ma`lumotlar:
Izohlar (0)